Gonkong politsiyasi namoyishchilarga qarata jangovar patronlar qo‘llashi mumkin. Bu haqda mahalliy RTHK teleradiokompaniyasi ma’lum qildi, deya xabar beradi “Izvestiya”.
Politsiya matbuot xizmati boshlig‘i Lyu Iban namoyishchilar huquq-tartibot xodimlariga hujumlarni to‘xtatishi lozimligini bildirdi. Aks holda, politsiya namoyish qatnashchilarga jangovar patronlardan o‘t ochishi mumkin.
Ma’lumot uchun, Xitoy rahbari Si Szinpin Braziyaliyada bo‘lib o‘tgan BRIKS sammitida Gonkong rasmiylarini shahardagi g‘alayonlarni to‘xtatish va tartibni tiklashga chaqirgandi.
Izoh (0)