AQSh prezidenti Donald Tramp Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inni yadroviy qurolsizlanish bo‘yicha tezroq kelishuvga erishishga chaqirdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
“Siz tezroq harakat qilishingiz, kelishuvni imzolashga shoshilishingiz kerak. Yaqin orada ko‘rishamiz!” — deya yozuv qoldirgan Tramp Twitter’dagi sahifasida.
Shuningdek, AQSh prezidenti Shimoliy Koreya prezidentini “o‘ziga munosib manzilga eltishga” qodir yagona shaxs ekanligini ta’kidlagan.
Ma’lumot uchun, Donald Tramp va Kim Chen In shu paytgacha uch marotaba muloqot qildi.
Izoh (0)