“Yuventus” rahbariyati hujumchi Krishtianu Ronaldu bilan uchrashmoqchi. Unda futbolchining harakatlari va sheriklariga bo‘lgan munosabati muhokama qilinadi, deya xabar qilmoqda La Gazzetta dello Sport.
“Yuventus” futbolchilari Ronaldu A Seriya 12-turi doirasida “Milan”ga qarshi o‘yindagi (1:0) harakati uchun tushuntirish berishini istamoqda. Portugaliyalik futbolchi 55-daqiqada zaxiraga olingach, murabbiyga qo‘l uzatmagan va kiyinish xonasiga ravona bo‘lgandi. Keyinroq Ronaldu ushbu o‘yin tugamasidan stadionni tark etgan ma’lum bo‘ldi.
Avvalroq “Yuventus” sport direktori ushbu masala yuzasidan Ronalduning agenti Jorje Mendesh bilan suhbatlashgani xabar qilingandi.
Ushbu bahsdan keyin Ronaldu Portugaliya terma jamoasi safida Yevro—2020 saralash o‘yinida ishtirok etdi va Litva darvozasiga uchta gol urdi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)