2019-yil 13-noyabr kuni taxminan soat 10:00 da Buxoro shahar Ibrohim Mo‘minov ko‘chasi 28-uy oldida 62 yoshli fuqaro I.G. tomonidan qarovsiz qoldirilgan “VАZ 21011” rusumli avtomashina 28 yoshli А.Sh. tomonidan olib qochilgan. Bu haqda O‘zbekiston IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.
Xabar berilishicha, olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari natijasida ushbu avtomashina Buxoro shahar Shayx ul-Olam ko‘chasida oldi va orqa davlat raqam belgilari yechib olingan holda topilgan.
Hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish jarayonida avtomashinaning oldi davlat raqam belgisi Zulfiya ko‘chasi yo‘l yoqasidan topilib, tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan.
Mazkur holat yuzasidan 2019-yil 13-noyabr kuni Buxoro shahar IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan А.Sh.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)