• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.48
    • RUB159.75
    • EUR14871.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik va ipakchilik tarmoqlarida kooperatsiyalar joriy qilinadi

    O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 13-noyabr kuni chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik va ipakchilik tarmoqlarini yanada rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Videoselektor yig‘ilishida quyonchilik bilan bog‘liq masalalar ham ko‘rib chiqildi. Ma’lumki, ushbu jonzotning terisi ham, go‘shti ham yuqori bahoga ega.

    Hisob-kitoblarga ko‘ra, naslli quyonni tabiiy usulda bir yilda 4 marta (6-8 ta bola), sanoat usulida esa 7 martagacha (8-10 ta) ko‘paytirish mumkin. Ayni paytda, O‘zbekistonda bugunga kelib 1 250 ta quyonchilik fermasi mavjud bo‘lib, sanoat usulida 500 ming bosh quyon boqiladi.

    Yuqoridagi muammolarni kompleks va tizimli hal etish, chorvachilik tarmoqlarini izchil rivojlantirish uchun Prezident Shavkat Mirziyoyev qator vazifalar qo‘ydi.

    Jumladan, Andijon viloyatida amalga oshirilayotgan tajriba asosida respublikaning aholi zich hududlarida mutlaqo yangi tizim joriy qilinadi. “Har bir oila — tadbirkor” dasturi doirasida ajratiladigan kreditlar asosida sut-go‘sht qayta ishlovchi korxona aholiga kooperatsiya asosida 5 boshgacha naslli qoramol yetkazib beradi, uni qanday parvarish qilishga o‘rgatadi. Korxona naslli qoramolning muntazam veterinariya nazoratini, belgilangan ratsion asosida ozuqalanishini hamda undan olinayotgan sutni bozor narxida sotib olinishini ta’minlaydi.

    Xabar berilishicha, bu tizimning afzalligi shundaki, aholi qoramolga ega bo‘ladi, sutni bozor narxida sotadi, bu bilan qoramol kreditini to‘laydi hamda tug‘ilgan buzoqlar hisobiga xo‘jalik ko‘payib boraveradi. Quyonchilikda ham ushbu tajribani joriy etish mumkin.

    Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Xalq banki hamda Mikrokreditbankka viloyat hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda Andijon, Namangan, Samarqand, Farg‘ona, Xorazmda mazkur tizimni yo‘lga qo‘yish vazifasi yuklandi.

    Undan tashqari, Qoraqalpog‘iston tajribasi asosida chorva kooperatsiyalarini tashkil etish zarurligi ta’kidlandi. Ya’ni, imkoniyatdan kelib chiqib, 30 dan 100 boshgacha qoramoldan iborat oilaviy chorva fermalari tashkil qilinadi. Kooperatsiya ushbu tuzilmalarni ozuqa-yem, veterinariya xizmatlari va agrotexnika bilan ta’minlaydi.

    Mazkur tajribaning afzalligi shundaki, oilaviy fermalar qayerdan yem va texnika olish, mahsulotni kimga o‘tkazish haqida bosh qotirmaydi. Bu ishlar bilan kooperatsiya shug‘ullanadi.

    Yuqorida qayd etilgan tashkilotlar va hokimliklarga Qashqadaryo, Surxondaryo, Jizzax, Sirdaryo, Navoiy, Buxoro viloyatlarida kamida ikkitadan shunday chorva kooperatsiyalarini tashkil etish topshirig‘i berildi.

    Shuningdek, Toshkent viloyati tajribasi asosida g‘allachilik klasterlari tashkil etish orqali 2—5 ming bosh qoramoldan iborat yirik fermalar faoliyatini yo‘lga qo‘yish lozimligi qayd etildi.

    Bunda, kengayish istagini bildirgan va kamida 500 bosh qoramoli mavjud fermerlarga har ming bosh uchun 300—400 gektardan yer berish orqali g‘allachilik klasterlari tashkil etiladi.

    Ushbu tizim shunisi bilan jozibadorki, yirik klasterlar bug‘doyni qayta ishlash orqali omuxta yem ishlab chiqarish hamda g‘alladan bo‘shagan yerlarda takroriy ekin sifatida ozuqabop ekinlarni yetishtirib, o‘zi silos ishlab chiqarish imkoniga ega bo‘ladi.

    Qator idora va tashkilotlarga bir oy ichida har bir talabgorning takliflarini ko‘rib chiqib, amalga oshirish choralarini belgilash vazifasi qo‘yildi.

    Bundan tashqari, chorvachilikni ozuqa-yem bilan ta’minlashda paxta klasterlari salohiyatidan samarali foydalanish zarur. Chunki bu tuzilmalarda yer, kuchli ozuqa, ishchi kuchi, texnika va moliyaviy imkoniyatlar yetarli. Shuning uchun barcha paxta klasterlariga 5 ming boshdan kam bo‘lmagan yirik shoxli qoramol komplekslari tashkil etish topshirig‘i berildi.

    Ozuqa-yem ishlab chiqarish hajmini oshirish uchun esa Navoiy tajribasini barcha hududlarda keng joriy etish lozimligi bildirildi.

    Xususan, Xatirchi tumanida tajriba tariqasida 530 gektar yaylovni suv tejovchi texnologiyalar joriy qilish orqali yerlarni o‘zlashtirish loyihasi amalga oshirilmoqda. Loyiha doirasida yaylovda intensiv sug‘orish orqali 1 gektar yerdan yashil massada 80 tonna makkajo‘xori yetishtirilgan.

    Qoraqalpog‘istonda, Navoiy, Buxoro, Qashqadaryo viloyatlarida minglab gektar bunday yaylovlar mavjud. Shuning uchun mutasaddilarga mazkur hududlarda kamida 10 ming gektar yaylovlarda ozuqabop ekinlarni yetishtirish bo‘yicha “manzilli dastur” amalga oshirish kerakligi ta’kidlandi.

    Chorvachilikda nasl yuqori mahsuldorlikning birinchi omilidir. Shu bois har bir hududda sun’iy urug‘lantirish punktlarini tashkil etish, keyingi yil yakunigacha aholi ixtiyoridagi 70 foiz sigirni sun’iy urug‘lantirib, 2025-yilga qadar 60 foiz chorva molining naslini yaxshilash chora-tadbirlari belgilandi.

    Shuningdek, fermerlar va aholiga chorvani yaxshi boqishni o‘rgatish, Samarqand veterinariya instituti va uning Toshkent filiali negizida Chorvadorlar amaliy o‘quv markazini tashkil etib, amaliy va masofaviy seminarlar o‘tishni yo‘lga qo‘yish muhimligi ta’kidlandi.

    Yig‘ilishda mahsulot tannarxini kamaytirish va soha raqobatbardoshligini ta’minlash masalalari ham muhokama qilindi.

    Kelgusi yildan chorvachilik, baliqchilik va parrandachilik tarmoqlarini subsidiya berish orqali qo‘llab-quvvatlash ko‘zda tutilmoqda. Dunyo tajribasidan kelib chiqib, subsidiya yetishtirilgan tayyor mahsulotlar hajmiga muvofiq ravishda beriladi.

    Veterinariya, karantin, standartlashtirish, sanitariya-epidemiologiya xizmatlarining izchil hamkorligini ta’minlash, xalqaro tajriba asosida chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarishning to‘liq zanjirini yaratish hamda uni nazorat qilish tartib-taomillarini joriy etish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

    Ishlab chiqaruvchilarga ichki bozorda munosib sharoit yaratib berish, chorva mahsulotlari narxining barqarorligini ta’minlash masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.

    Andijon, Jizzax, Namangan, Samarqand, Sirdaryo, Farg‘ona va Xorazm viloyatlaridagi 90 ta dehqon bozorida parrandachilik korxonalarining bironta savdo shoxobchasi yo‘qligi ko‘rsatib o‘tildi. Baliqchilik korxonalarining Sirdaryo bozorlarida 2 ta, Surxondaryoda 3 ta, Navoiyda 4 ta, Farg‘onada 9 ta savdo nuqtasi bor.

    Yig‘ilishda belgilangan vazifalar ijrosini sifatli ta’minlash uchun haftaning har jumasi “Chorvachilik kuni” deb e’lon qilindi. Topshiriqlar ijrosini muvofiqlashtirib borish va chorvadorlarga ko‘maklashishga mas’ul Respublika kengashi tuzildi.

    Videoselektorda oziq-ovqat xavfsizligidan tashqari ipakchilik sanoatini rivojlantirish masalalari ham ko‘rib chiqildi.

    Pillachilik juda qisqa muddatda — 30—35 kunda eksportbop mahsulot olsa bo‘ladigan tarmoq. Dunyoda 20 dan ortiq pilla yetishtiruvchi mamlakat bo‘lsa, O‘zbekiston Xitoy va Hindistondan keyingi o‘rinda turadi. Lekin mamlakatning jahon bozoridagi ulushi atigi 2,5 foizni tashkil qiladi.

    Oxirgi ikki yildagi sa’y-harakatlar natijasida, xususan, yiliga to‘rt marta ipak qurti boqish hisobiga pilla hosili 19 ming tonnaga yetkazildi.

    Yig‘ilishda bu tarmoqdagi bozor konyunkturasi tahlil qilinar ekan, mamlakatda katta imkoniyatlar borligi ta’kidlandi. Bundan samarali foydalanilsa, yaqin yillarda yillik eksport hajmini kamida 500 million dollarga yetkazish mumkin.

    Ayni paytda, tarmoqda qator muammolar bor. Jumladan, tutzorlarning 6 ming gektari yaroqsiz ahvolda. Yana 37 ming gektarda hosildorlik 30 foizga ham yetmaydi. Yuqori ozuqaviy navlar tutzorlar va yakka qator tutlarning bor-yo‘g‘i 5—6 foizini tashkil etadi. Kasallik va zararkunandalarga qarshi kurash o‘z vaqtida sifatli amalga oshirilmayotgani bois ozuqa bazasi yo‘qotilmoqda.

    Ipak qurti urug‘ining 80 foizi import qilingan. Respublikada super-elita ipak urug‘i yaratadigan yagona muassasa — Ipakchilik ilmiy-tadqiqot institutining moddiy-texnika bazasi eskirgan.

    Shulardan kelib chiqib, 2022-yil yakuniga qadar 20 ming gektar yangi tutzorlar barpo etish hamda 10 ming gektar eskirgan tutzorlarni yangilash rejalashtirilgan.

    Buning uchun mavjud tutzorlar oilaviy pudrat asosida aholiga 1 gektardan 3 gektargacha bo‘lib beriladi. Pillachilik klasterlari tomonidan tutzorlarni yangilash uchun tut ko‘chatlari va mavsumda ipak qurti urug‘i tarqatiladi. Pilladan olinadigan daromad bilan bir qatorda, tutzorlar orasiga ekiladigan qo‘shimcha ekinlar ham to‘lig‘icha aholi ixtiyorida qoladi.

    Qishloq xo‘jaligi vazirligi, “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi, viloyat hokimlari va tegishli idoralar rahbarlariga tutzorlar tashkil etish uchun yer ajratish, eskilarini yangilash, suv tejovchi texnologiyalarni qo‘llash bo‘yicha topshiriqlar berildi. Kelgusi yili pilla yetishtirish hajmini 21 ming tonnaga, 2025-yilgacha esa 30 ming tonnaga yetkazish vazifasi qo‘yildi.

    Super-elita va elita urug‘larini to‘liq respublikada tayyorlash, buning uchun urug‘chilik stansiyalarini qo‘llab-quvvatlash, tutlarni kimyoviy va biologik usullarda himoyalash, joylarda yangi ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha ham topshiriqlar berildi.

    Yana bir masala — mamlakatda pilla va ipakni ekpertizadan o‘tkazish va sifatini aniqlash bo‘yicha laboratoriyalar yo‘q. Hozirda buning uchun mahsulot xorijga jo‘natilayotgani bois korxonalar qo‘shimcha xarajat qilyapti. Shu munosabat bilan Prezident Shavkat Mirziyoyev “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi qoshida zamonaviy laboratoriya tashkil etish zarurligini ta’kidladi.

    Videoselektor yig‘ilishida muhokama qilingan masalalar bo‘yicha mutasaddi rahbarlar va hokimlarning hisobot va takliflari eshitildi.

    13.11.2019, 22:18   Izoh (0)   21031
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shavkat Mirziyoyev boshchiligidagi videoselektorda qishloq xo‘jaligi tarmoqlaridagi kamchiliklar muhokama qilindi

    13.11.2019, 22:07

    O‘zbekiston birja bozorida oltin va AI-91 rusumli benzin narxi pasaydi

    13.11.2019, 21:49

    Nig‘matilla Yo‘ldoshev Rossiya Bosh harbiy prokurori bilan uchrashdi

    13.11.2019, 21:36

    “Daryo” oqshomi: Farg‘onadagi mushtumzo‘r chegarachilar, Lolaning litsenziya beruvchilarga isyoni, “2,5 mln so‘m” mojarosining davomi va 13-noyabrning boshqa muhim...

    13.11.2019, 21:21

    Toshkent shahar hokimligi to‘y va marakalarni o‘tkazish bo‘yicha 2020-yilda joriy qilinadigan tartiblar yuzasidan seminar o‘tkazdi

    13.11.2019, 21:13

    O‘zbekistonda oshirilgan miqdordagi non kompensatsiyasiga qancha mablag‘ ajratilgani va kimlarga berilayotgani ma’lum qilindi

    13.11.2019, 20:54
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi

     

    Tavsiya etamiz

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    BMT Falastin davlati qurilishida yordam berishini ma’lum qildi

    Dunyo | 27 iyul, 18:30

    Avstriyada 400 ga yaqin yo‘lovchi qorong‘i tunnelda 6 soat qolib ketdi

    Dunyo | 27 iyul, 17:50

    “Real Madrid” 5 nafar futbolchi bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor

    Sport | 27 iyul, 17:46

    Tailand va Kamboja o‘rtasidagi to‘qnashuvlar Tramp vositachiligiga qaramay davom etmoqda

    Dunyo | 27 iyul, 17:06

    O‘zbekistonning qaysi hududida ichimlik suvi bilan ta’minlanganlik darajasi eng pastligi ma’lum qilindi

    O‘zbekiston | 27 iyul, 16:38

    “Qo‘shni davlatlar bilan aloqalarni mustahkamlash lozim” — Eron prezidenti

    Dunyo | 27 iyul, 15:48

    Levandovski kelajagi borasida gapirdi

    Sport | 27 iyul, 15:25

    Islom Maxachev navbatdagi jangi sanasini e’lon qildi

    Sport | 27 iyul, 15:18
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.