• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12712.05
    • RUB161.1
    • EUR14524.79
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyev boshchiligidagi videoselektorda qishloq xo‘jaligi tarmoqlaridagi kamchiliklar muhokama qilindi

    O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 13-noyabr kuni chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik va ipakchilik tarmoqlarini yanada rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Qayd etilishicha, Prezidentning joriy yil 23-oktabrdagi farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020—2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasi qabul qilindi. Ushbu hujjat doirasida zamonaviy yondashuv asosida soha modernizatsiyasi boshlandi. Shuningdek, 7-noyabr kuni Prezidentning “Qoraqalpog‘iston Respublikasida chorvachilik tarmoqlarini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

    “Hududlarimiz salohiyatidan to‘g‘ri foydalanib, qayerga nima ekish, qaysi chorva turini yetishtirish, qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratish orqali bozorlarimizda go‘sht, sut va tuxum mahsulotlarini ko‘paytirish, narxlar barqarorligini ta’minlash va daromadni oshirish bo‘yicha, afsuski, samarali tizim mavjud, deb ayta olmaymiz”, — dedi yig‘ilish avvalida Shavkat Mirziyoyev.

    Mamlakatda chorva ozuqasiga bo‘lgan talab 120 million tonnani tashkil etadi, ammo o‘tgan yilda atigi 47 million tonna ozuqa ishlab chiqarilib, ehtiyoj 40 foizga qondirilgan.

    Butun dunyoda chorvani oziqlantirishda asosan silos va omuxta yem ishlatiladi. Yangiyo‘l tumanida takroriy ekin sifatida makkajo‘xorining intensiv navidan gektariga 50—60 tonna silos olinganda uning 1 kilogrammi tannarxi bor-yo‘g‘i 150 so‘mni tashkil etgan. Vaholanki, 1 kilogramm sheluxaning bozordagi narxi 2 ming so‘mdan oshadi. Ya’ni, shrot-sheluxaga nisbatan 10 baravar arzon ozuqani bemalol chorvadorlarning o‘zi yetishtirsa bo‘ladi, deyiladi xabarda.

    Chorva uchun ozuqa navli bug‘doydan gektariga 100 sentnergacha hosil olish mumkin. Biroq, joylarda ozuqa-yemga bo‘lgan defitsitni qoplash choralarini ko‘rish o‘rniga ozuqabop ekin yerlaridan samarasiz va maqsadsiz foydalanish hollari tanqid qilindi.

    “Sirdaryoda 16 ming gektar, Toshkent viloyatida 8,5 ming gektar ekin maydoni g‘alladan keyin bo‘sh turganini qanday izohlash mumkin?” — deya savol bilan murojaat qildi Prezident.

    Shu yilning o‘tgan 10 oyida xorijdan qariyb 100 million dollarlik zotli va go‘sht uchun qoramol import qilindi. Shuning uchun, qo‘shimcha ozuqa bazasini yaratish maqsadida chorvadorlarga yer berish, to‘g‘ri ekin turlarini ekish borasida topshiriqlar berildi.

    Davlat rahbari ta’kidlaganidek, parrandachilikda ham shunga o‘xshash muammolar mavjud. Misol uchun, ozuqaning 70—75 foizi import hisobiga ta’minlanib, joriy yilning 10 oyida 80 million dollarga 160 ming tonna soya va kungaboqar shroti, 14 million dollarga 80 ming tonna makkajo‘xori import qilindi. Tarmoq korxonalariga bu yil ozuqa uchun 137 ming gektar o‘rniga amalda 5 ming gektar yer berilgan.

    Qayd etilishicha, chorvachilik sohasida mamlakatda saqlanib kelayotgan dolzarb muammolardan biri naslchilik hisoblanadi.

    Mahalliy chorva mollari 20 ming so‘mlik ozuqa-yem bilan kuniga 900 gramm tirik vazn olsa (500 gramm go‘sht), zotli mollar 1 kilogramm 600 gramm (900 gramm go‘sht) vazn oladi.

    Qoramollarning 94 foizi, qo‘y va echkilarning 84 foizi, parrandaning 58 foizi aholi xonadonlarida boqiladi. Ayni paytda, mavjud qoramollarning bor-yo‘g‘i 34 foizi zotlidir. Ayniqsa, bu ko‘rsatkich Jizzax, Sirdaryo, Surxondaryo viloyatlarida 26 foiz, Xorazmda 28 foiz, Qashqadaryoda 31, Samarqandda 33 foizni tashkil etadi.

    Qo‘ychilikda esa faqat qorako‘l qo‘ylarning nasli 30 foizga yaxshilanishiga erishilgan.

    Bundan tashqari, mahalliy bir bosh sigirdan sog‘ib olinadigan sut yiliga 2,5 tonnadan oshmayapti. Har biri 2—3 ming dollardan import qilingan naslli sigirlar 35—40 litr sut berishi lozim bo‘lsa-da, chorvadorlarga bunday jonzotlarni parvarish qilish sir-asrorlari o‘rgatilmagani bois mahsuldorlik o‘rtacha 25 litrdan oshmayapti.

    Chorvaning to‘g‘ri ratsionini ishlab chiqish, zamonaviy veterinariya xizmati ko‘rsatish bo‘yicha mutaxassislar yetarli emas. Oqibatda fermerlar chet eldan veterinar va zooinjenerlar jalb qilib, ularga 3—4 ming dollardan oylik to‘lashga majbur bo‘lmoqda.

    Yig‘ilishda qayd etilganidek, texnologiya asosida chorvani so‘yish tizimli yo‘lga qo‘yilmagani terining sifati buzilishiga olib kelyapti, bundan esa charm-poyabzal sanoati ham zarar ko‘rmoqda. Misol uchun, O‘zbekiston bo‘yicha zamonaviy qushxonalar soni 49 taga yetadi, jumladan, Andijon viloyatida bitta, Namangan, Sirdaryo, Surxondaryo, Farg‘onada ikkitadan, Xorazmda uchta tashkil etilgan. Mavjudlari ham 30—40 foiz quvvatlarda ishlayapti, chunki aholi qushxonaga borishdan manfaatdor emas, deyiladi xabarda.

    Chorvachilikning qisqa muddatda yuqori samara beradigan yo‘nalishlari, xususan, parrandachalik, baliqchilik, quyonchilikni rivojlantirishda muammolar mavjud.

    Jumladan, bugungi kunda 38 ming gektar sun’iy suv havzalarining atigi 460 gektarida intensiv baliqchilik tashkil etilgan. Buning asosiy sababi — intensiv usulda yetishtirilgan baliqning tannarxi oddiy usulda yetishtirilgandan 2 baravar qimmat. Shuning uchun tadbirkorlar oddiy usul bilan kifoyalanmoqda. Holbuki, bu usulda baliq yetishtirish 1 gektariga 2—3 tonnadan oshmasa, intensiv shaklda 100 tonnagacha mahsulot olsa bo‘ladi.

    Davlat rahbari losos, osyotr, forel kabi tansiq baliqlarni intensiv usulda yetishtirish bo‘yicha topshiriqlar berdi. Ular, ayniqsa tog‘oldi hududlarda zamonaviy texnologiyalar qo‘llagan holda parvarishlansa, hatto eksport ham qilish mumkinligi ko‘rsatib o‘tildi.

    13.11.2019, 22:07   Izoh (0)   18979
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekiston birja bozorida oltin va AI-91 rusumli benzin narxi pasaydi

    13.11.2019, 21:49

    Nig‘matilla Yo‘ldoshev Rossiya Bosh harbiy prokurori bilan uchrashdi

    13.11.2019, 21:36

    “Daryo” oqshomi: Farg‘onadagi mushtumzo‘r chegarachilar, Lolaning litsenziya beruvchilarga isyoni, “2,5 mln so‘m” mojarosining davomi va 13-noyabrning boshqa muhim...

    13.11.2019, 21:21

    Toshkent shahar hokimligi to‘y va marakalarni o‘tkazish bo‘yicha 2020-yilda joriy qilinadigan tartiblar yuzasidan seminar o‘tkazdi

    13.11.2019, 21:13

    O‘zbekistonda oshirilgan miqdordagi non kompensatsiyasiga qancha mablag‘ ajratilgani va kimlarga berilayotgani ma’lum qilindi

    13.11.2019, 20:54

    Qibraydagi korxonada zararni qoplash uchun kelib tushgan 494 mln so‘m talon-toroj qilindi

    13.11.2019, 20:24
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Tenge Bank Tenge24 ilovasida yangi raqamli avtokreditini e’lon qildi


    UCMG Amsterdamda bo‘lib o‘tayotgan Money 20/20 Europe xalqaro fintech ko‘rgazmasida O‘zbekiston nomidan ishtirok etadi


    Xavfsiz shoping: Octobank raqamli xavfsizlik qoidalari haqida


    Mobiuz "Mehribon" imtiyozli tarif rejasini taqdim etdi


    Toshkentda xalqaro fintex-hodisa — Visa Cashless Forum 2025 bo‘lib o‘tdi 


    Golden House’dan “O‘z Makon”: Toshkentdagi shahar hayotining yangi mezoni


    Sello Ecosystem Farg‘ona, Andijon va Namanganda Sello Summer Fest yorqin festivalini o‘tkazdi


    Sun’iy intellekt vositalari va NVIDIA RTX 50: yangilangan ASUS ProArt P16 nimalarni o‘z ichiga oladi?


    UZTELECOM "Muruvvat" tarifini taqdim etadi: Atigi 25 000 so‘m evaziga g‘amxo‘rlik va e’tibor bilan boyitilgan aloqa


    Mobiuz xodimlari onkologik va gematologik kasalliklar bilan kurashayotgan bolalarga yordam ko‘rsatdi


     ADM Jizzakh Jizzaxda joylashgan 5-ixtisoslashtirilgan muassasa tarbiyalanuvchilari ehtiyoji uchun avtobus taqdim qildi


    Bektemir Residence — oilaviy turmush uchun mo‘ljallangan uy-joy majmuasi


    Yangi ufqlar: Centrum Air haftasiga ikki marta Toshkentdan Bishkekka parvozlarni amalga oshiradi


    O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari Yevropaga yo‘l olmoqda


    Kapitalbank va Visa O‘zbekiston terma jamoasining JCH-2026 saralash o‘yinini BAAda tantanali ravishda ochishdi

     

    Tavsiya etamiz

    Sevgi yoxud KGB maxsus operatsiyasi — grek milliarderiga uylangan sovet xizmatchisi

    7 iyun, 16:20

    Chumchuqlarga yem bo‘lgan burgutlar. “O‘rgimchak to‘ri” operatsiyasi Rossiya uchun qanchaga tushadi?

    4 iyun, 18:49
    Audio Icon

    Qurib qolgan ko‘chatlar, millionlar shamolga uchdimi?

    4 iyun, 15:03

    Feldmarshalga almashtirilmagan Stalinning zurriyoti — “dohiy” nega o‘g‘lini urushga yuborgan edi?

    3 iyun, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rossiya Kiyev va Odessaga havo hujumi uyushtirdi

    Dunyo | 10 iyun, 08:21

    Surxondaryoda 267 ta qadimiy tanga va taqinchoq qismlarini boshqa davlatga olib ketmoqchi bo‘lgan fuqaro ushlandi

    O‘zbekiston | 10 iyun, 00:55

    Erdo‘g‘onning sog‘lig‘i yomonligi haqidagi da’volar rad etildi

    Dunyo | 10 iyun, 00:27

    Rossiyada og‘ir vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonliklarga yordam berildi

    O‘zbekiston | 9 iyun, 23:50

    “Daryo” dayjesti: 9-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 9 iyun, 23:38

    Tramp Kaliforniya gubernatorini hibsga olishga ruxsat berishi mumkinligini aytdi

    Dunyo | 9 iyun, 23:30

    Italiyada ishxonasidan 150 ming yevrolik oltinni sochiga yashirib olib chiqqan erkak ushlandi

    Dunyo | 9 iyun, 23:15

    Kaliforniya gubernatori Trampni sudga berishini ma’lum qildi

    Dunyo | 9 iyun, 23:05

    Saida Mirziyoyeva Amerika-O‘zbekiston savdo palatasi raisi bilan uchrashdi

    O‘zbekiston | 9 iyun, 23:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.