• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12497.19
    • RUB155.71
    • EUR14597.97
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Daryo” oqshomi: Farg‘onadagi mushtumzo‘r chegarachilar, Lolaning litsenziya beruvchilarga isyoni, “2,5 mln so‘m” mojarosining davomi va 13-noyabrning boshqa muhim xabarlari

    Farg‘ona viloyatining chegara hududida yuziga qora niqob taqqan va chegarachilar deb taxmin qilingan qurolli shaxslar bir o‘smirni urayotgani aks etgan video tarqaldi. Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari ushbu holat yuzasidan bayonot berdi. Aytishlaricha, kaltak yeganlar (chegarachilar bir emas, ikki kishini do‘pposlagan) harbiy xizmatchilarni bosib ketmoqchi bo‘lgan; qo‘shimcha qilishlaricha, “ular o‘zi kontrabandist, avval ham chegarani bir necha bor buzgan”.

    Lolaning “Sevgingni menga ayt 2” klipidan lavha.

    Lolaning “Sevgingni menga ayt 2” klipidan lavha.
    Foto: YouTube

    Xonanda Lola “Sevgingni menga ayt” qo‘shig‘iga ishlangan ikkinchi klipi bilan 13-noyabr kuni O‘znetni portlatdi. Lola bitta klip bilan jamiyatdagi ko‘plab bahsli masalalar — ijodiy faoliyat ustidan nazorat qilishga urinishlar, shubhali taqiqlar, mantiqsiz tashabbuslar va yangiliklarga nisbatan toqatsizlik ustidan kulgan. Klipni ko‘rish qat’iy tavsiya etiladi (agar, mabodo, klip yoqmasa, kanalizatsiya quvurlariga shippak urib, musiqa yaratayotgan o‘zbekistonlik yigitlarning chiqishini tomosha qiling).

    XDP vakili Ulug‘bek Inoyatovning 5 kishilik oilaga 2,5 mln so‘m oylik yetarli degan gapiga izoh berdi. Yodingizda bo‘lsa, bir necha kun avval Xalq demokratik partiyasi yetakchisi “Toshkentda besh kishilik oilaga bir boquvchi topayotgan 2,5 million so‘mlik bemalol yetadi”, deb “qovun tushirgan” va ijtimoiy tarmoqlar “yulduzi”ga aylangan edi. Partiya faolining bugun izoh berishicha, partiya yetakchisi 2,5 million so‘m haqida gapirganida barcha xarajatlarni nazarda tutmagan. Hay, mayli.

    Tayinlovlar. Prezident qaroriga muvofiq, Bahodir Shermuhamedov oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining yoshlar, ma’naviyat va ma’rifat masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi — u bungacha Prezident administratsiyasida milliy qadriyatlar, ma’naviyat va ma’rifatni o‘rganish hamda rivojlantirish sho‘basida ishlab kelayotgan edi. 29 yoshli Olimjon To‘ychiyev esa innovatsion rivojlanish vaziri o‘rinbosariga aylandi.

    “Masalani siyosiylashtirmaslik kerak” — Davlatnazar Ro‘zmetov o‘limi bo‘yicha voqealar xronologiyasi keltirildi. Komil Allamjonov esa Nafosat Olloshukurova va Davlatnazar Ro‘zmetov bilan bog‘liq voqealarga munosabat bildirdi. Xullas, har xil shubhali xayollara bormanglar, hayotda shunaqa ko‘ngilsiz voqealar o‘zidan o‘zi ham bo‘lib turadi, deyishyapti. Okey.

    O‘zbekiston bilan bog‘liq yana qanday yangiliklar bor? Samarqandda homilador xotinini bo‘g‘ib o‘ldirgan er o‘z joniga qasd qildi. Talabalar uchun qishki ta’til muddati o‘zgarishi mumkin. Mamlakatdan eng ko‘p qaysi millatga mansub kishilar ko‘chib ketayotgani aniqlandi. Toshkentda “Minor” masjidi imomi o‘zgardi. “Prokuratura to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartirishlar kiritildi, Milliy gvardiya to‘g‘risidagi qonun esa deputatlar tomonidan qabul qilindi. SSSR pasporti bilan yurgan buvaydalik otaxonga biometrik pasport beriladi. Soxta “001 VIP” avtoraqamini yasattirgan fuqaro 707 avtoraqamini yasab berish uchun buyurtmachidan 150 dollar pul olayotganida qo‘lga olindi. O‘zbekistonda qidiruvda bo‘lgan ayol Rossiyadagi tug‘ruqxonada ko‘zi yoriyotganida ushlandi.

    Dunyo-chi, tinchmi? Erdo‘g‘on Tramp bilan AQSh Suriya bo‘yicha kelishuvda bajarmagan majburiyatlarni muhokama qiladi. Senator-demokrat Janun Anyes Boliviyada prezident vazifasini bajaradi. Isroil G‘azo sektoriga bergan havo zarbalari oqibatida 20 nafardan ortiq falastinlik halok bo‘ldi. Moldovada parlament mamlakat hukumatini iste’foga chiqardi. Uzoq davom etgan yomg‘irlar sabab Venetsiyada suv toshdi. Hindistondagi qurilishda uyqudagi erkak tiriklayin ko‘mib yuborildi. Plagiatda ayblangan Qozog‘iston maorif va ilm-fan vaziri o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.

    Vadim Abramov.

    Vadim Abramov.
    Foto: Nodirxon Hamidxonov / “Daryo”

    Sport yangiliklari. Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Vadim Abramov Saudiya Arabistoniga qarshi o‘yin oldidan “g‘alaba qozonishdan umidvor”ligini aytdi. Milliy terma jamoaning asosiy hujumchisi Eldor Shomurodov esa yanvardayoq hozirgi klubi — “Rostov”ni tark etishi mumkinligi aytilmoqda. Avvalroq unga Germaniyaning “Shtutgart” va Rossiyaning SSKA klublari qiziqayotgani haqida xabar berilgan edi.

    13.11.2019, 21:21   Izoh (0)   56861
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkent shahar hokimligi to‘y va marakalarni o‘tkazish bo‘yicha 2020-yilda joriy qilinadigan tartiblar yuzasidan seminar o‘tkazdi

    13.11.2019, 21:13

    O‘zbekistonda oshirilgan miqdordagi non kompensatsiyasiga qancha mablag‘ ajratilgani va kimlarga berilayotgani ma’lum qilindi

    13.11.2019, 20:54

    Qibraydagi korxonada zararni qoplash uchun kelib tushgan 494 mln so‘m talon-toroj qilindi

    13.11.2019, 20:24

    Milliy gvardiya to‘g‘risidagi qonun deputatlar tomonidan qabul qilindi

    13.11.2019, 20:09

    Toshkent viloyatida paxta sotish rejasi ortig‘i bilan bajarildi

    13.11.2019, 19:53

    Shavkat Mirziyoyev Osiyo taraqqiyot banki prezidentini qabul qildi

    13.11.2019, 19:47
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Kichik xonada istiqomat, saraton tashxisi va tarixiy rekord. Hamzat Chimayevning chempionlikka qadar bosib o‘tgan mashaqqatli yo‘li haqida

    19 avgust, 14:57

    Belgiya maktablarida telefondan foydalanish taqiqlanadi

    19 avgust, 11:31

    “Skibidi”, “delulu”: Kembrij lug‘atiga TikTok’da mashhur bo‘lgan o‘smirlar so‘zlari qo‘shildi

    19 avgust, 10:36

    Zelenskiy va Tramp uchrashuvida nimalar muhokama qilindi?

    19 avgust, 09:19
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Uyda robot yasayotgan qizlar: Afg‘onistonda ta’limdan mahrum bo‘lgan ayollar o‘zlari ilm izlamoqda

    Dunyo | 19 avgust, 15:00

    Kichik xonada istiqomat, saraton tashxisi va tarixiy rekord. Hamzat Chimayevning chempionlikka qadar bosib o‘tgan mashaqqatli yo‘li haqida

    UFC | 19 avgust, 14:57

    Banklarda mikroqarzlarning o‘rtacha foiz stavkasi pasaydi

    O‘zbekiston | 19 avgust, 14:45

    Malayziya shtatida juma namozini o‘tkazib yuborgan erkaklar qamoqqa olinadi

    Dunyo | 19 avgust, 14:30

    “Titanik” butunlay boshqacha bo‘lishi mumkin edi: bir og‘iz gapi tufayli Mettyu Makkonahi Jek roliga tasdiqlanmagan

    Kino | 19 avgust, 14:15

    O‘zbekistonga Mo‘g‘ulistondan qo‘ylarning birinchi 37 tonnalik partiyasi yetkazildi

    O‘zbekiston | 19 avgust, 13:53

    “Manchester Yunayted” Andre Onanaga o‘rinbosar topdi

    Sport | 19 avgust, 13:49

    Norvegiya valiahd malikasining o‘g‘li 32 ta jinoyatda ayblandi

    Dunyo | 19 avgust, 13:27
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.