Jizzax viloyatida “O‘zbekkino” milliy agentligi, Yevropa ittifoqining O‘zbekistondagi delegatsiyasi, hamda Elektron ommaviy axborot vositalari Milliy assotsiatsiyasi ko‘magida VII Yevropa kinofestivali bo‘lib o‘tdi.
Bundan avval, Toshkent, Nukus va Urganchning katta ekranlarida filmlar muvaffaqiyat bilan namoyish etildi, deb yozmoqda “O‘zA”.
Festival kunlari katta ekranida Avstriya, Belgiya, Bolgariya, Vengriya, Germaniya, Daniya, Italiya, Latviya, Niderlandiya, Finlyandiya, Fransiya va Shvetsiya davlatlarining taniqli rejissorlari tomonidan yaratilgan 10 ta film namoyish etildi.
Barcha kinofilmlar rus va o‘zbek tilidagi subtitrlar bilan namoyish etildi.
Izoh (0)