Ichki ishlar vazirligi tergov departamenti tomonidan “Korean and migrations” xususiy bandlik agentligi MChJning mansabdor shaxslariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Hozirda jinoyat sodir etishda gumon qilinib, Janubiy Koreya fuqarosi Kang Namkyu tergovga jalb qilindi.
“Agar Siz fotosuratda keltirib o‘tilgan shaxsning jinoiy xatti-harakatlaridan jabr ko‘rgan bo‘lsangiz, Tergov departamentining (71) 231-31-98, (71) 231-36-22, (71) 233-65-34 telefon raqamlariga murojaat qilishingizni so‘raymiz”, — deyiladi xabarda.
Avvalroq Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi “Korean and migrations” xususiy bandlik agentligi MChJga berilgan O‘zbekiston fuqarolarini xorijda ishga joylashtirish faoliyati bilan shug‘ullanishga ruxsat etuvchi 0010-sonli litsenziya to‘xtatilganini ma’lum qilgan edi.
Izoh (0)