O‘zbekiston FVV YoXBB OAV bilan hamkorlik qilish bo‘linmasi Samarqand shahrida yuz bergan yong‘in haqida ma’lumot berdi.
8-noyabr kuni soat 23:19 da Samarqand shahar Gagarin ko‘chasidagi 85-B uyda joylashgan Beeline (Unitel MChJ) hududiy binosi yonidagi RID-200 rusumli generator va elektr shit yonayotganligi haqida yong‘in-qutqaruv xizmatiga xabar kelib tushgan.
Xabar asosida voqea joyiga 2 ta yong‘in o‘chirish bo‘linmalari yuborilgan. Bo‘linmalar chaqirilgan manzilga soat 23:25 da yetib borib, ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘in soat 23:32 da to‘liq bartaraf etilgan. Tan jarohati olganlar va halok bo‘lganlar qayd etilmagan. Yong‘in oqibatida zahira elektr toki ishlab chiqarish generatori va elektr shit qisman yong‘indan zararlangan. Alanga binoga o‘tib ketishi oldi olingan. Yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Izoh (0)