Shveysariyada futbolchi Krishtianu Ronalduning sobiq sartaroshi Rikardo Markes Ferreyra o‘ldirib ketildi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.
40 yoshli Ferreyraning jasadi 1-noyabr, juma kuni Syurixdagi mehmonxona xodimlari tomonidan topilgan. Uning tanasiga pichoq bilan jarohatlar yetkazilgan, xonaning barcha joylarida esa qon izlari bo‘lgan.
3-noyabr kuni Syurixda ushbu jinoyatni sodir etishda gumon qilinib, Braziliyaning 39 yoshli fuqarosi qo‘lga olingan. Uni qotillikka undagan sabablar ma’lum qilinmagan.
Izoh (0)