McDonald’s bosh direktori Stiven Isterbruk qo‘l ostidagi xodimalardan biri bilan ishqiy munosabatlari tufayli lavozimidan bo‘shatildi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
Isterbruk uylanmagan, o‘zaro munosabatlar esa ikki tomon istagiga ko‘ra yuz bergan bo‘lsa ham, bosh direktorning xatti-harakatlari bunday romanlarni man etuvchi korporativ qoidalarning buzilishi deb topildi. Isterbrukning o‘zi ham buni tan oldi va direktorlar kengashi qaroriga rozi bo‘ldi.
McDonald’s bosh direktori lavozimini shu paytgacha AQShdagi bo‘linma rahbari bo‘lgan Kris Kempchinskiy egallashi aytilmoqda.
Ma’lumot uchun, Isterbruk kompaniyani 2015-yildan beri boshqarib kelayotgandi. Bu vaqt mobaynida McDonald’s umumiy kapitallashuvi deyarli ikki baravarga ko‘tarilgandi.
Izoh (0)