Rossiyada ma’naviy zararni undirish uchun rekord summa — 100 trillion rubl miqdoridagi da’vo arizasi berildi. Bu haqda “TASS” ma’lum qildi.
Mamlakat sud ijrochilari federal xizmatiga ko‘ra, da’vogar Orenburg viloyatining Pervomaysk tuman sudiga murojaat qilgan. Uning mazmuni oshkor etilmagan.
Sud da’vogarning talabini asossiz deb topgan va uni qanoatlantirishni rad etgan. Bu qarorga hozircha shikoyat keltirilmagan.
Ma’lumot uchun, 100 trillion rubl Rossiyaning 5 yillik budjetidan ham ko‘proqni tashkil etadi.
Izoh (0)