• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12712.05
    • RUB161.1
    • EUR14524.79
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Reklama

    “Adolat” SDP “propiska” masalasini qayta ko‘rib chiqmoqda

    Bu haqda joriy yilning 2-noyabr kuni Toshkent shahridagi Xalqaro hamkorlik markazida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasining IX Qurultoyida ma’lum qilindi.

    Qurultoyda O‘zbekiston “Adolat” SDP Siyosiy Kengashi raisi N.Umarovning “O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashining faoliyati hisoboti va yangi bosqichda partiya vazifalari to‘g‘risida”gi ma’ruzasi tinglandi. Ma’ruzada hisobot davrida partiya dasturidagi ustuvor yo‘nalishlarning bajarilishi tahlil etildi. Partiyaning mafkuraviy, tashkiliy-kadrlar sohasidagi faoliyati natijalari sarhisob qilindi. Shuningdek, partiya faoliyatining qator yo‘nalishlari tanqidiy tahlil etildi. Xalq deputatlari mahalliy Kengashlaridagi deputatlik guruhlari ishidagi mavjud kamchiliklar qayd qilinib, ularni bartaraf etish yo‘llari ko‘rsatib o‘tildi.

    O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi bugungi kunda 414 478 ming a’zoga, mamlakatning barcha hududlarida 6313 ta boshlang‘ich partiya tashkilotiga, 201 ta hududiy bo‘linmaga, parlament va hokimiyatning mahalliy vakillik organlarida deputatlik guruhlariga ega bo‘lgan yirik siyosiy kuchga aylandi.

    Tashkiliy-partiyaviy ishlar darajasini muntazam oshirib borish bilan bir qatorda partiyaning “Adolat – hayotimizning bosh mezoni” g‘oyasi bilan belgilangan Saylovoldi dasturini amaliyotga qo‘llash hamda ijrosini ta’minlash maqsadida o‘tgan davr oralig‘ida 27 ta turli sohalar bo‘yicha xalqchil va o‘ta muhim partiya loyihalari ishlab chiqildi. Ular xalqimiz farovonligi yo‘lida amaliyotga tatbiq etildi. “Adolat – qonun ustuvorligida”, “Siyosiy-huquqiy bilimlarni mustahkamlash – demokratik jamiyat poydevori”, “Farzandlari sog‘lom yurt – qudratli bo‘lur” va boshqa ko‘plab loyihalar jamoatchilik nazorati bilan muvofiqlashtirildi.

    Akmal Burxanov – Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi “Adolat” SDP fraksiyasi a’zosi

    • “Adolat” SDP tomonidan ilgari surilgan loyihalar jamiyatimizni har bir jabhasidagi kamchilik va muammolarni qamrab olib, hisobot davrida partiya sa’yi-harakati evaziga quruq gaplar bilan emas, aksincha ta’sirchan tadbirlarning keng omma kayfiyatiga, fuqarolar manfaatlaridan chiqqan holda maqsad va vazifalariga qaratilganligi namoyon bo‘lmoqda. Ushbu jarayonda joylardagi deputatlar korpusi faollik ko‘rsatib, o‘tgan hisobot davrida ular tomonidan doimiy komissiyalarga kiritilgan masalalar jami 428 ta, sessiyalarga kiritilgan masalalar jami 233 ta, mansabdor shaxs hisobotlari jami 470 ta va deputatlik so‘rovi 4214 tani tashkil qildi.
    Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi partiya fraksiyasi mamlakatda olib borilayotgan islohotlarni qo‘llab-quvvatlovchi va sog‘liqni saqlash, fan, ta’lim, sud-huquq tizimlarini mustahkamlovchi qator qonun loyihalarining ishlab chiqilishi va qabul qilinishida faollik ko‘rsatdi.

    Hisobot davrida fraksiya a’zolari 43 ta qonun loyihasiga tashabbuskor bo‘ldilar. Shundan 9 tasi yaxlit qonunlar bo‘lsa, 34 tasi mavjud qonunlarga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishdan iborat bo‘ldi.

    Xususan, “Parlament nazorati to‘g‘risida”gi, “O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati to‘g‘risida”gi, “Toshkent shahar xalq deputatlari tuman Kengashlariga saylov to‘g‘risida”gi, “Fuqarolarning reproduktiv salomatligini muhofaza qilish to‘g‘risida”gi, “Saylov kodeksini tasdiqlash to‘g‘risida”gi, “Konstitutsiyaviy sud to‘g‘risida”gi, “Qayta tiklanuvchi energiya manbalari to‘g‘risida”gi, “Yaylovlar to‘g‘risida”gi, “Kasaba uyushmalari to‘g‘risida”gi yaxlit Qonunlar qabul qilinishga erishildi.

    Qayd etilganidek, O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasining “Adolat – har bir inson uchun” nomli saylovoldi dasturi loyihasini har tomonlama pishiq va puxta bo‘lishiga katta e’tibor qaratildi. Eng asosiysi, dastur partiya a’zolari, boshlang‘ich partiya tashkilotlari, deputatlik korpusi, faollar, ekspertlar va oddiy fuqarolarimiz fikri asosida takomiliga yetkazildi. Yangi dasturda asosiy e’tibor sud-huquq, sog‘liqni saqlash, ta’lim va ilm-fan sohalari hamda tashqi va ichki siyosatga qaratildi.

    Jumladan, “Sog‘liqni saqlash sohasida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, “Aqlli tibbiyot” tizimini shakllantirish, joylarda aholiga malakali tibbiy yordam ko‘rsatish, dori-darmonlarning noqonuniy aylanishi ustidan partiyaning qat’iy pozitsiyani bildirish, ta’sirchan qonunchilik mexanizmlarini ishlab chiqish belgilandi.

    Alisher Shodmonov, Sog‘liqni saqlash vaziri, “Adolat” SDP Siyosiy Kengashi a’zosi

    • Bugungi kunda tibbiyot sohasida ulkan islohotlar amalga oshirilmoqda. Mana shu islohotlarda partiyamizni bevosita partiyamizdan saylangan deputatlarning ham alohida o‘rni bor. Chunki birinchi navbatda islohotni amalga oshirishda huquqiy tartib o‘rnatish, hujjatlarni takomillashtirish zarur. Bu borada “Fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash to‘g‘risida”gi, “Ona suti bilan oziqlantirishni qo‘llab-quvvatlash hamda go‘daklar va kichik yoshdagi bolalar oziq-ovqat mahsulotlariga doir talablar to‘g‘risida” gi qonuni loyihalari bo‘yicha ham bevosita bizning partiya ish olib bordi. Ayni kunlarda esa “Adolat” SDP fraksiyasi a’zoliri ishtirokida “Inson organlari, to‘qimalari va (yoki) hujayralarini transplantatsiya qilish haqida”gi qonun loyihasi ustida ustida ish olib borishmoqda.
    Shuningdek, sog‘liqni saqlash sohasida eng muhim strategik hujjatlar Sog‘liqni saqlash kodeksi, Tibbiy sug‘urta to‘g‘risida ustida ish ketyapti. Shu bilan birga bizni tibbiyotimizni yuqori darajaga olib chiqishga yordam qiladigan tibbiy faoliyat va tibbiyot xodimlarining kasbiy javobgarligini majburiy sug‘urtalash to‘g‘risidagi qonun ustida ish ketyapti. Albatta bu jarayonlarida ham fraksiya a’zolaridan alohida faollik talab etiladi.

    Sud-huquq sohasida tergov organlarining yagona tizimini yaratish, turli yo‘nalishlarga bo‘lingan sudlarni umumlashtirish, advokatura instituti mustaqilligini ta’minlash, aholining huquqiy madaniyat va bilimlarni oshirish, korrupsiyaga qarshi kurashishga fuqarolarni keng jalb qilish vazifalari rejalashtirilgan.

    Shu bilan birga, partiya a’zolarining 25 foizi mehnat qilayotgan ta’lim tizimda — umumiy ta’lim sohasida sifatni keskin oshirish, oliy ta’limda qabul kvotalaridan voz kechish, ilm-fanning iqtisodiyotda rolini kuchaytirish belgilangan.

    Bundan tashqari partiya “propiskadan o‘tish” tizimiga yangicha yondashish, fuqarolarimizning o‘z xohish-istaklaridan kelib chiqib, doimiy yashash joyini o‘zi belgilash huquqini ta’minlovchi qonuniy bazani takomillashtirish choralarini ko‘rmoqda.

    Dasturda ommaviy axborot vositalari vakillari qatori blogerlik faoliyatini ham tegishli qonunlarda huquqiy asoslarini shakllantirish ko‘zda tutilgan.

    Qurultoyda so‘z olganlarning ma’ruza va chiqishlarida asosiy e’tibor partiyaning qonunchilik va vakillik organlariga bo‘lib o‘tadigan saylovlarga tayyorgarligi, barcha darajadagi saylov shtablari faoliyati samaradorligi, elektorat bilan samarali ishlash masalalariga qaratildi.

    Qurultoyda O‘zbekiston Respublikasining Saylov kodeksining 70-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatligiga ko‘rsatilgan nomzodlar ma’qullandi. Qurultoyda, shuningdek, partiyaning oliy organi vakolatiga kiruvchi boshqa masalalar ham ko‘rib chiqildi. Siyosiy Kengash va Markaziy Taftish komissiyasining yangi a’zolari saylandi. Partiya Ustavi qabul qilindi. Qurultoyda ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

    Qurultoy ishining yakunlari bo‘yicha mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari xodimlari uchun brifing o‘tkazildi.

    Reklama huquqi asosida.

    03.11.2019, 09:10   Izoh (0)   20338
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “O‘zmetkombinat” AJda ilgari xorijdan import qilingan mahsulot ishlab chiqarilmoqda

    02.11.2019, 15:00

    Uyg‘oning sizni buyuk ishlar kutmoqda

    02.11.2019, 09:00

    UMS jamoasi — Samarkand Half Marathon ishtirokchisi

    01.11.2019, 15:00

    “AvtoHamkor 0 foiz”dan avtokreditlar davom etmoqda!

    01.11.2019, 12:00

    Uzmobile tarif to‘plamlarining cheksiz imkoniyatlari!

    01.11.2019, 10:30

    Husnbuzarlardan qanday qutulish mumkin? Mutaxassis maslahati

    01.11.2019, 09:00
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    UZTELECOM "Muruvvat" tarifini taqdim etadi: Atigi 25 000 so‘m evaziga g‘amxo‘rlik va e’tibor bilan boyitilgan aloqa


    Mobiuz xodimlari onkologik va gematologik kasalliklar bilan kurashayotgan bolalarga yordam ko‘rsatdi


    Kapitalbank va Visa O‘zbekiston terma jamoasining JCH-2026 saralash o‘yinini BAAda tantanali ravishda ochishdi


    President Tech Award: 1 000 000 dollarlik sovrin jamg‘armasiga ega innovatsion loyihalar milliy tanlovi boshlandi


    Bektemir Residence — oilaviy turmush uchun mo‘ljallangan uy-joy majmuasi


    Golden House’dan “O‘z Makon”: Toshkentdagi shahar hayotining yangi mezoni


    UCMG Amsterdamda bo‘lib o‘tayotgan Money 20/20 Europe xalqaro fintech ko‘rgazmasida O‘zbekiston nomidan ishtirok etadi


    Sello Ecosystem Farg‘ona, Andijon va Namanganda Sello Summer Fest yorqin festivalini o‘tkazdi


    Xavfsiz shoping: Octobank raqamli xavfsizlik qoidalari haqida


    Yangi ufqlar: Centrum Air haftasiga ikki marta Toshkentdan Bishkekka parvozlarni amalga oshiradi


    Toshkentda xalqaro fintex-hodisa — Visa Cashless Forum 2025 bo‘lib o‘tdi 


    Sun’iy intellekt vositalari va NVIDIA RTX 50: yangilangan ASUS ProArt P16 nimalarni o‘z ichiga oladi?


    Tenge Bank Tenge24 ilovasida yangi raqamli avtokreditini e’lon qildi


    Mobiuz "Mehribon" imtiyozli tarif rejasini taqdim etdi


     ADM Jizzakh Jizzaxda joylashgan 5-ixtisoslashtirilgan muassasa tarbiyalanuvchilari ehtiyoji uchun avtobus taqdim qildi

     

    Tavsiya etamiz

    Sevgi yoxud KGB maxsus operatsiyasi — grek milliarderiga uylangan sovet xizmatchisi

    7 iyun, 16:20

    Chumchuqlarga yem bo‘lgan burgutlar. “O‘rgimchak to‘ri” operatsiyasi Rossiya uchun qanchaga tushadi?

    4 iyun, 18:49
    Audio Icon

    Qurib qolgan ko‘chatlar, millionlar shamolga uchdimi?

    4 iyun, 15:03

    Feldmarshalga almashtirilmagan Stalinning zurriyoti — “dohiy” nega o‘g‘lini urushga yuborgan edi?

    3 iyun, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    G‘azodagi yordam punktida aholi yana o‘qqa tutildi. Qurbonlar bor

    Dunyo | 10 iyun, 11:35

    Sanepidqo‘m yangi xavfli virus tarqalgani haqidagi xabarlarni rad etdi

    O‘zbekiston | 10 iyun, 11:30

    Sarvqomatlik siri: birgina oddiy qoida ortiqcha vazndan xalos etadi

    Layfstayl | 10 iyun, 11:25

    O‘zbekistonda Mobiuz sotuvga qo‘yildi

    O‘zbekiston | 10 iyun, 11:15

    Odatiy mahsulotlarning noodatiy suratlari

    Layfstayl | 10 iyun, 11:09

    Rasman. Nursulton Ro‘ziboyevning jang sanasi va raqibi ma’lum bo‘ldi (foto)

    Sport | 10 iyun, 10:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.