30-oktabr kuni Olmazor tumani Qoraqamish ko‘chasida Toshkent shahar IIBB YHXB YPX xodimi Milliy gvardiya harbiy xizmatchisi bilan birgalikda xizmat vazifasini o‘tash chog‘ida shubha uyg‘otgan Spark avtomobilini to‘xtatgan va uni tekshiruvdan o‘tkazgan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar berdi.
Aniqlanishicha, avtomobil egasi Toshkent viloyatida istiqomat qiluvchi 24 yoshli Ixtiyor ismli yigit bo‘lib chiqqan.
Ikki guvoh ishtirokida avtomobil tekshiruvdan o‘tkazilgan. Tekshiruv vaqtida o‘rindiqlar orasidan boshqa avtomobilga tegishli, ro‘yxatdan o‘tkazilgan, biroq tegishli hujjatlarsiz davlat raqamlari, shuningdek, bir nechta pichoq va mobil telefonlar topilgan.
Vaziyatni aniqlash uchun Ixtiyor va avtomobil ichida bo‘lgan yo‘lovchilar Olmazor tumani IIO FMBga olib borilgan.
Izoh (0)