O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirligi pedagoglar maqomini yanada ko‘tarish, ularni jamiyatda eng hurmatli kasb egasi darajasida e’zozlash maqsadida o‘qituvchi ramzini ifodalovchi nishonlarni joriy etishni rejalashtirmoqda. Bu haqda vazirlikning Telegram kanalida xabar berildi.
Hozirda mazkur ko‘krak nishonlarining 8 xil ko‘rinishi ishlab chiqildi. Soha vakillari o‘qituvchi ramzini ifodalovchi nishonlardan birini tanlashda ishtirok etishi mumkin.
Xalq ta’limi vazirligi o‘qituvchi obro‘sini oshirish uchun joriy etilishi rejalashtirilayotgan ko‘krak nishonlarini ovozga qo‘ydi. Ovoz berish vazirlikning Telegram’dagi kanalida o‘tkazilmoqda.
Izoh (0)