Futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasi 11-turidan o‘rin olgan “Roma” — “Napoli” bellashuvi 2-noyabr, shanba kuni bo‘lib o‘tdi.
Rimda o‘tgan o‘yinning 19-daqiqasida Nikolo Zaniolo hisobni ochgan bo‘lsa, 55-daqiqada Jordan Veretu “bo‘rilar”ning ikkinchi goliga mualliflik qildi. O‘yindagi so‘nggi gol 72-daqiqada Arkadiush Milik hisobiga yozildi.
Shu tariqa Karlo Anchelotti boshliq “Napoli” A Seriyaning joriy mavsumidagi uchinchi mag‘lubiyatini qabul qilib oldi. Ushbu g‘alabadan so‘ng “Roma” 22 ochko bilan musobaqa jadvalida 3-o‘ringa ko‘tarildi. “Napoli” esa 17 ochkosi bilan 7-o‘rindan joy oldi.
A Seriya11-tur2-noyabr, shanba
“Roma” – “Napoli” 2:1
Gollar: 1:0 – 19 Zaniolo, 2:0 – 55, penalti Veretu, 2:1 – 72 Milik.
“Roma” – Lopes, Smolling, Chetin, Spinatssola, Manchini, Pastore (Santon, 89), Veretu, Klyuyvert (Perotti, 77), Zaniolo (Under, 81), Kolarov, Jeko.
“Napoli” – Meret, Mariu Ruy, Kulibali, Di Lorenso, Manolas, Fabian Ruis, Zelinski, Kalyexon (Losano, 58), Insinye (Yunus, 83), Milik, Mertens (Lyorente, 65).
Ogohlantirishlar: Klyuyvert (76), Di Lorenso (76), Mariu Ruy (78), Spinassola (86), Milik (87), Chetin (90), Under (90).
Chetlatish: Chetin (90).
Izoh (0)