Dog‘istonlik 29 yoshli erkin kurashchi Ilyos Bekpo‘latov fuqaroligini o‘zgartirdi. Bu haqda sportchi Instagram’dagi sahifasi orqali xabar qildi.
Dog‘iston erkin kurashi maktabi tarbiyalanuvchisi Rossiya termasidagi raqobat tufayli boshqa davlat fuqoroligini olishga qaror qilgan.
Bekpo‘latov Rossiya chempionligiga ega chiqqan, shuningdek uch bora Yevropa chempionatida sovrindor bo‘lgan.
“Kun.uz”ning qo‘shimcha qilishicha, Bekpo‘latov bundan avval ham fuqaroligini o‘zgartirishga harakat qilgan. U 2016-yilda u Vengriya terma jamoasiga o‘tishga uringan, biroq o‘shanda Sport kurashlari federatsiyasi qabul qilayotgan davlatdan juda katta miqdorda tovon puli talab qilgan.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)