Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Dubay amirligining valiahdi Shayx Hamdan bin Muhammad Ol Maktum oktabr oyida ikkinchi marta O‘zbekistonga keldi.

Foto: Telegram/Zed News

Foto: Telegram/Zed News

Telegram’dagi AviaSpotter kanalining ma’lum qilishicha, Dubay hukumatiga xizmat ko‘rsatuvchi Dubai Royal Air Wing samolyoti 31-oktabr, payshanba kuni Toshkentga qo‘ngan.

Foto: Instagram/faz3

Foto: Instagram/faz3

Shayx Hamdanning Instagram’ga yuklagan suratlariga ko‘ra, u Tashkent City hududidagi Hilton mehmonxonasiga joylashib, payshanba kuni Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev bilan uchrashgan.

Foto: Instagram/faz3

Foto: Instagram/faz3

Shahzoda, shuningdek, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev oilasi vakillarining ham mehmoni bo‘lgan.Dubay taxti vorisi oktabr oyi o‘rtalarida ham O‘zbekistonda bo‘lib, Navoiy shahridan qariyb 50 kilometr uzoqlikdagi cho‘l hududida lochinlar bilan ov qilgan edi.

Foto: Instagram/faz3

Foto: Instagram/faz3

Bu hududda 300 gektar maydonni egallagan “Amirliklarning yo‘rg‘a tuvaloqni asrash markazi” joylashgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Genotsidda gumonlanayotgan erkak, sohilga chiqib qolgan o‘lik akula, Rossiya kuniga tayyorgarlik — 9-iyun suratlari 
Qozog‘iston
Qozog‘istonda yirik o‘rmon yong‘ini: 3 kishi halok bo‘ldi, To‘qayev yong‘in zonasiga boradi (video)
Dunyo
Medvedev AQSHning boshqa mamlakatlardagi harbiy amaliyotlarini sanab o‘tdi va Oq uyni “jim bo‘lishga” chaqirdi