“Bavariya” 29-oktabr, seshanba kuni Germaniya Kubogi ikkinchi bosqichi doirasidagi bahsda “Boxum”ni mag‘lub etdi (2:1).
Uchrashuvda hisob Alfonso Devisning avtogolidan keyin ochildi. Shu tariqa Devis Germaniya Kubogida o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ygan so‘nggi 47 yil ichidagi “Bavariya”ning ilk futbolchisiga aylandi. So‘nggi bor “Bavariya” sobiq futbolchisi Hans-Georg Shvartsenbek 1972-yilning aprelida avtogol muallifiga aylangandi.
Ma’lumot uchun, 18 yoshli Devis “Bavariya”ga 2019-yilning yozida kelib qo‘shilgandi. Futbolchi ushbu mavsum Germaniya chempionatida uchta o‘yin o‘tkazib, bitta samarali uzatma amalga oshirdi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)