“Barselona” Ispaniya chempionatining 11-turidan o‘rin olgan bahsda “Valyadolid”ni qabul qildi va 5:1 hisobidagi g‘alabaga erishdi.
Maydon egalari hujumchisi Lionel Messi 34-daqiqada jarima zarbasini aniq ijro etgan holda gol urishga erishdi. Opta ma’lumotiga ko‘ra, bu 32 yoshli futbolchi faoliyatidagi jarima zarbasidan kiritilgan 50-gol bo‘ldi (“Barselona” safida 44 ta, Argentinada — 6 ta). Shuningdek, bu argentinalik futbolchi uchun katalonlar ustozi Ernesto Valverde qo‘l ostidagi 100-gol bo‘ldi.
Messi ushbu o‘yinda yana bir gol va ikkita samarali uzatmaga muallif bo‘ldi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)