• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    “Liverpul”ning irodasi, “Lester”dan gollar shousi va “Chelsi”ga zafar keltirgan “Kapitan Amerika”. APLda tur tafsilotlari

    18—20-oktabr kunlari Angliya Premyer Ligasining 10-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. “Daryo” odatga ko‘ra tur tafsilotlari bilan o‘rtoqlashadi.

    “Sauthempton” — “Lester”

    Foto: Twitter/@premierleague

    Foto: Twitter/@premierleague

    Mazkur tur quvnoq ruhda boshlandi. Brenden Rojers boshchiligidagi “Lester” safarda “Sauthempton”ni yanchib tashladi. “Tulkilar” o‘yin avvalidan vaziyatni nazorat qilishga intildi, buning ustiga maydon egalari 12-daqiqayoq bir kishi kam bo‘lib qoldi. Hakam videotakrorlardan so‘ng Rayan Bertranni maydondan chetlatdi. Chorasiz qolgan “avliyolar” o‘z darvozalaridan to‘qqizta to‘p olib chiqishga majbur bo‘ldi. Mehmonlar safida Ayose Peres va Jeymi Vardi het-trik qayd etgan bo‘lsa, Benjamen Chiluell, Yuri Tilemans va Jeyms Meddison bir martadan raqib darvozasini ishg‘ol qildi.

    Bu orqali “Lester” Angliya oliy divizioni tarixida safarda qayd etilgan eng yirik g‘alabaga erishdi. Bundan tashqari Jeymi Vardi bu o‘yindagi uchta goli sabab to‘purarlar poygasida peshqadamlikni o‘z qo‘liga oldi.

    “Byornli” — “Chelsi”

    Foto: Twitter/@premierleague

    Foto: Twitter/@premierleague

    “Chelsi” bu turda “Byornli” maydoniga safar qildi. Frenk Lempard boshchiligida tobora o‘z o‘yinini topib borayotgan “ko‘klar” mazkur bahsda ham ishonchli g‘alabaga erishdi. Mavsum avvalidan beri nihoyat Kristian Pulishichga imkon berildi va amerikalik hujumchi oqshom qahramoniga aylandi. “Kapitan Amerika” “Chelsi” safida APLdagi debyut golini urishdan tashqari, het-trikka erishdi. Yana bir kiritilgan to‘pga Villian muallif bo‘ldi. O‘yin yakuni arafasida mezbonlar ikkita to‘p bilan javob qaytarishga erishdi, biroq bu “aristokratlar”ning uch ochko bilan qaytishiga halal bermadi.

    “Norvich” — “Manchester Yunayted”

    Foto: Twitter/@premierleague

    Foto: Twitter/@premierleague

    O‘tgan turda turnir peshqadami — “Liverpul”ning g‘alabali seriyasiga nuqta qo‘ygan “Manchester Yunayted” bu safar “Norvich” uyida mehmon bo‘ldi. Bu uchrashuvda mankunianlar raqibga hech qanday imkoniyat qoldirmadi. Tanaffusga qadar hisob mehmonlar foydasiga yirik ko‘rinish olishi mumkin edi. Skott Maktominay va Markus Reshford o‘z hisoblariga gol yozdirib qo‘ydi, bundan tashqari, birinchi bo‘limda mezbonlar darvozasi tomon belgilangan ikkita penaltini “qizil iblislar” golga aylantira olmadi. Reshford va Antoni Marsiyal tomonidan yo‘llangan zarbalarni “kanareykalar” posboni Tim Krul bartaraf etdi. Ikkinchi bo‘limda Marsiyal o‘z niyatiga yetdi va o‘yindan gol urdi, bundan tashqari, bahs yakunlanishi arafasida Onel Ernandes hisobni qisqartirishga erishdi. Bu g‘alaba Ole-Gunnar Sulsher shogirdlarini 16-o‘rindan 7-pog‘onaga olib chiqdi.

    “Arsenal” — “Kristal Pelas”

    Foto: Twitter/@premierleague

    Foto: Twitter/@premierleague

    Yana bir diqqatga sazovor o‘yinlardan biri Londonda kechdi. Unda “Arsenal” “Kristal Pelas” bilan bahs yuritdi. Mezbonlar o‘yin debyutida ikkita gol urgan holda oldinga o‘tib oldi, tezkor gollardan keyin “to‘pchilar” biroz hotirjamlikka berildi. Buni “Pelas” futbolchilari jazosiz qoldirmadi va hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi. Uchrashuv yakunlanishi arafasida maydon egalari uchinchi golni urgandi, biroq videotakrorlardan so‘ng Sokratisning goli inobatga olinmadi.

    Uchrashuvning 60-daqiqalari o‘tib borayotgan bir vaqtda “Arsenal” yarim himoyachisi Granit Jaka zaxiraga olindi, futbolchining sekin qadam tashlagan holda maydonni tark etayotgani “Emireyts”dagi tomoshabinlarga yoqmadi. Jaka esa bunga provakatsion qiliqlar bilan javob qaytardi. Uchrashuvdan so‘ng londonliklar ustozi Unai Emeri futbolchining bu ishi jazosiz qolmasligini ta’kidladi.

    “Liverpul” — “Tottenhem”

    Foto: Twitter/@premierleague

    Foto: Twitter/@premierleague

    Turning markaziy o‘yini Yevropa Chempionlar Ligasining amaldagi finalchilari o‘rtasida kechdi. Mag‘lubiyatsiz seriya qayd etgan holda musobaqa jadvalida yakka peshqadamlik qilayotgan “Liverpul” o‘z maydonida “Tottenhem”ni qabul qildi. Uchrashuv kutilmagan ssenariyda boshlandi, Harri Keyn ilk daqiqadayoq “shporlar”ni oldinga olib chiqdi. Tanaffusga qadar mersisaydliklar bir qancha imkoniyatlarga ega bo‘ldi, biroq Paulo Gassaniganing seyvlari londonliklarni muqarrar gollardan saqlab qoldi. Ikkinchi bo‘limda esa “qizillar” vaziyatni o‘nglay oldi. Dastlab, Jordan Henderson hisobni tenglashtirdi. Undan keyin Muhammad Saloh penaltini aniq bajargan holda g‘alaba to‘pini kiritdi. “Liverpul”ning ikkinchi golidan keyin Maurisio Pochettino shogirdlari oldingi chiziqda mezbonlarga ancha xavf tug‘dirdi, biroq bahs yakuniga qadar vaziyatni o‘nglash poytaxt klubiga nasib etmadi.

    Tur raqamlari va statistika

    • Ushbu turda jami 38 ta gol urildi. Ularning 23 tasi mehmonlar tomonidan kiritildi
    • Faqatgina bitta o‘yin (“Uotford” — “Borgmut”) nursiz yakun topdi, qolgan barcha uchrashuvlarda kamida ikkitadan gol urildi
    • “Tottenhem” darvozaboni Paulo Gassaniga “Liverpul”ga qarshi o‘yinda 12 ta seyvni amalga oshirdi. Bu APLda 2017-yildan keyingi eng yuqori ko‘rsatkichdir. Ikki yil avval dekabrda David de Xea “Arsenal”ga qarshi bahsda 14 ta seyv ijro etgandi
    • “Tottenhem” 2019-yil APLda to‘qqizta safar o‘yinini boy berdi
    • “Norvich” posboni Tim Krul bir o‘yinda ikkita penaltini qaytargan APL tarixidagi sakkizinchi darvozabonga aylandi
    • “Manchester Yunayted” APL o‘yinlarida 2000 ta gol urgan tarixdagi ilk klubga aylandi

    APL

    10-tur bahslari

    25-oktabr, juma

    “Sauthempton” — “Lester” 0:9

    Gollar: 0:1 — 10 Chiluell, 0:2 — 17 Tilemans, 0:3 — 19 Peres, 0:4 — 39 Peres, 0:5 — 45 Vardi, 0:6 — 57 Peres, 0:7 — 58 Vardi, 0:8 — 85 Meddison, 0:9 — 90+4, penalti Vardi.

    26-oktabr, shanba

    “Manchester Siti”—“Aston Villa” 3:0

    Gollar: 1:0 — 46 Sterling, 2:0 — 65 de Bryuyne, 3:0 — 70 Gundo‘g‘an

    “Brayton”—“Everton” 3:2

    Gollar: 1:0 — 15 Gross, 1:1 — 20, avtogol Uebster, 1:2 — 74 Kelvert-Lyuin, 2:2 — 80, penalti Mope, 3:2 — 90, avtogol Din

    “Uotford”—“Bornmut” 0:0

    “Vest Hem”—“Sheffild Yunayted” 1:1

    Gollar: 1:0 — 44 Snodgrass, 1:1 — 69 Musse

    “Byornli”—“Chelsi” 2:4

    Gollar: 0:1 — 21 Pulishich, 0:2 — 45 Pulishich, 0:3 — 56 Pulishich, 0:4 — 58 Villian, 1:4 — 86 Rodriges, 2:4 — 89 Maknil

    27-oktabr, yakshanba

    “Nyukasl”—“Vulverhempton” 1:1

    Gollar: 1:0 — 37 Lassels, 1:1 — 73 Kastro

    “Arsenal”—“Kristal Pelas” 2:2

    Gollar: 1:0 — 7 Papastatopulos, 2:0 — 9 David Luiz, 2:1 — 32, penalti Milivoyevich, 2:2 — 52 Ayyu

    “Liverpul”—“Tottenhem” 2:1

    Gollar: 0:1 — 1 Keyn, 1:1 — 52 Henderson, 2:1 — 75, penalti Saloh

    “Norvich”—“Manchester Yunayted” 1:3

    Gollar: 0:1 — 21 Maktominey, 0:2 — 30 Reshford, 0:3 — 73 Marsyal, 1:3 — 88 Ernandes

    Turnir jadvali

    Foto: Twitter/@premierleague

    Foto: Twitter/@premierleague

     

    To‘purarlar ro‘yxati

    1. Jeymi Vardi — 9 ta gol
    2. Temmi Abraham — 8 ta gol
    3. Serxio Aguero — 8 ta gol
    4. Pyer-Emerik Obameyang — 7 ta gol
    5. Rahim Sterling — 7 ta gol
    6. Harri Keyn — 6 ta gol
    7. Teemu Pukki — 6 ta gol

    Nodirxon Hamidxonov tayyorladi

    Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!

    28.10.2019, 23:17   Izoh (0)   34585
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Manchester Yunayted” APL rekordini o‘rnatdi

    27.10.2019, 23:34

    Harri Keyn “Tottenhem” tarixidan joy oldi

    27.10.2019, 22:17

    Jiru “Chelsi”dan ketishi mumkin

    27.10.2019, 21:32

    Messi barcha davrlarning eng yaxshi hujumchisi nomini aytdi

    27.10.2019, 20:56

    “Real” “Napoli” futbolchisi uchun Iskoni berishga tayyor

    27.10.2019, 19:34

    O‘zbekiston terma jamoasining JCh—2022 saralash bahslari uchun yig‘inga chaqirilgan futbolchilar ro‘yxati e’lon qilindi

    27.10.2019, 10:26
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSHda Trampga qarshi tergovlarga yordam bergan xodimlar ishdan bo‘shatildi

    Dunyo | 12 iyul, 23:50

    “Hech kimdan qo‘rqmayman” — Toshkentda tadbirkor bolalar maydonini egallab oldi, aholi norozi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:37

    “Barcha zapravkalarda elektr quvvatlagichlar o‘rnatiladi” — transport vaziri Ilhom Mahkamov

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:27

    Hindistonda rossiyalik ayol ikki bolasi bilan changalzorda yashayotgani aniqlandi

    Dunyo | 12 iyul, 23:10

    Abbosbek Fayzullayev va “SSKA” — Rossiya Superkubogi sohibi (video)

    Sport | 12 iyul, 22:42

    Fransiyada Yangi Kaledoniya nomli yangi davlat tuzish to‘g‘risida bitim imzolandi

    Dunyo | 12 iyul, 22:35

    Sun’iy intellekt orqali hayotingizni osonlashtirishning 9 ta usuli

    Layfstayl | 12 iyul, 22:00

    Donald Tramp Klublar o‘rtasidagi JCH finalida qatnashadi

    Sport | 12 iyul, 21:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.