• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12658.19
    • RUB161.44
    • EUR14672.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Haftalik dayjest: O‘zbekcha IELTS, sovuqning birinchi qurboni, Zoir Mirzayevning qaytishi

    “Daryo” saytida  haftaning eng muhim va muhokamali xabarlari sharhini boshlaymiz.

    O‘ttiz yil muqaddam 21-oktabr kuni bir guruh ziyolilarning tashabbusi va kurashlari natijasida o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan edi. Shu munosabat bilan poytaxtda tantanali marosim o‘tkazildi. Unda prezident Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zlab, “Davlat tiliga bo‘lgan e’tibor mustaqillikka bo‘lgan e’tibor, davlat tiliga ehtirom va sadoqat ona Vatanga ehtirom va sadoqatdir!” dedi. Shuningdek, “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” farmon qabul qildi. Unga binoan, 21-oktabr sanasi yurtimizda “O‘zbek tili bayrami kuni” deb belgilandi. Bundan tashqari, Davlat tilini rivojlantirish departamenti tashkil qilinishi belgilab qo‘yildi.

    Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov o‘zbek tilini bilish darajasini baholashning IELTS kabi tizimini yaratish ustida ishlanayotganini bildirdi.

    Aytish lozimki, yaqin yillar ichida o‘zbek tiliga bunchalik e’tibor ko‘rsatuvchi chora-tadbirlar qo‘llanmayotgan edi.

    Mavzuga oid:

    Bayram o‘tadi, muammolar esa qoladi. O‘zbek tilining oldida turgan muammolar haqida

    * * *

    2011-yildagi ishlar bugun ham aks-sado bermoqda. Ammo ijobiy tomonga emas. O‘zbekistonga sobiq Turkuaz boshqaruvchisiga o‘nlab million dollar to‘lash majburiyati yuklandi.

    O‘zbekistonda qariyb o‘n yil faoliyat yuritgan Turkuaz savdo markazi sakkiz yil oldin bahorda yopilgan va uning turkiyalik egalariga jinoiy ish qo‘zg‘atilgan edi. O‘tgan hafta Xalqaro arbitraj sudi O‘zbekiston turkiyalik tadbirkor Vohid Guneshga 40 million dollar to‘lashi kerakligi to‘g‘risida qaror chiqardi. Bu Guneshning musodara qilingan mol-mulkining kompensatsiyasi sifatida hisoblangan.

    Sudga taqdim etilgan hujjatlarga ko‘ra, turk kompaniyasining rahbari Vohid Gunesh O‘zbekistondan 180 million dollar talab qilgan, bundan tashqari, ma’naviy zarar undirilishini istagan. Talabi qisman qondirilgan bo‘lsa-da, tadbirkor sud qaroridan mamnun va hozir O‘zbekistonda biznes yuritish uchun hech qanday to‘siq yo‘qligini aytdi.

    * * *

    Tiliga erk bergan mansabdorlar davlat va jamoatchilik tomonidan yakdillik bilan qoralanayotgan, ba’zida tanqidlar o‘z natijasini berayotgan zamonda yashayapmiz. O‘tgan hafta Yangiyo‘l YHXB boshlig‘i o‘rinbosari ekanligi aytilgan Usmon ismli shaxsning tuman taksichilarni og‘izga olib bo‘lmaydigan gaplar bilan haqoratlagani audiosi tarqaldi. Bir daqiqaga bormaydigan so‘kishlardan Telegram’ning botlarigacha qizarib ketishi ortidan darhol tekshiruv boshlanib ketdi. 23-oktabr kuni kechqurun yuzga yaqin taksichi tuman YHXB binosi oldida izoh talab qilib to‘plandi.

    Foto: Toshkent viloyati IIBB matbuot xizmati

    Ma’lumki, bizning mansabdorlar noma’qul ishini yashiradi, ammo tarqalib ketsa, noiloj tan olib qo‘yadi. YHXBning og‘zi polvon katta inspektori Usmon Zamonov ham avvaliga audioni tan olmadi. Ammo IIBBning tekshiruvlari natijasida tan olishga majbur bo‘ldi. Shunday qilib, u egallab turgan lavozimidan chetlatildi. Hozir prokuratura holatga huquqiy baho berish maqsadida tergovga qadar surishtiruv harakatlarini olib bormoqda.

    * * *

    Xorazmlik oila 22-oktabr kuni energetik inqiroz qurboni bo‘ldi. Kunlar sovushi ortidan uyiga pechka o‘rnatgan oila uyda is gazi to‘planishi oqibatida nobud bo‘ldi. Keyinroq FVV fojia sabablarini o‘rganib, tutun chiqish quvuriga qush uya qurib, tutun torta olmay qolgani, natijada is gazi xonaga qamalib qolganligini aniqladi. Bu gaz sezilmaydi, ammo uxlab yotgan odamning hayotiga qattiq tahdid soladi.

    Foto: FVV matbuot xizmati

    Xorazmning Yangiariq tumani, Ostona qishlog‘ida sodir bo‘lgan fojiadan 45 yashar oila boshlig‘i, uning rafiqasi va ikki farzandi halok bo‘ldi.

    Baxtsiz hodisa ortidan “Hududgazta’minot” kompaniyasi isitish qurilmalarini tekshirish bo‘yicha yo‘riqnoma e’lon qildi. Unda pechka dudburonining sozligini tekshirish o‘rgatilgan (o‘qish).

    * * *

    Yunusobod tumani hokimi o‘rinbosarining uyidan qancha pul chiqdi? Haftaning eng ko‘p qiziqish bildirilgan xabarlaridan biri shu bo‘ldi. Asli nimadan boshlangandi?

    Avvalroq Yunusobod tumani hokimining qurilish ishlari bo‘yicha o‘rinbosari 5 ming dollar pora bilan qo‘lga tushganligi haqida xabar berildi. O‘rinbosar Erkin Zohidov o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratga egalik huquqini e’tirof etish bo‘yicha tuman hokimining qarorini chiqarib berish evaziga 5 ming AQSh dollarini pora tariqasida olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlandi. Tabiiyki, jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

    Ko‘p o‘tmay Erkin Zohidovning uyidan 1,5 million dollar pul va Maldivga ikkita chipta topilgani haqida gap-so‘zlar urchidi. Ammo prokuratura bu mishmishni tasdiqlamadi. Shunga qaramay, o‘rinbosar “Toshkent-Istanbul” yo‘nalishida aviachiptani bron qilgani aytildi. Demak, 1,5 million dollar haqidagi gap-so‘zlar asossiz, tergov ishlari esa davom etmoqda.

    Xo‘sh, nega odamlar bu mishmishga ishonib tarqatmoqda? Gap shundaki, o‘zbekistonliklar qo‘lga tushgan hokimlarning uyidan mushukning o‘ligiday katta pul topilishiga o‘rganib qolgan. O‘tgan yili Yunusubod tumani hokimi Baxtiyor Abdusamatov investorga joy berish uchun 400 ming dollar pora olayotganidan qo‘lgan tushgan (ammo pul negadir uning ayoliga qaytarilishiga qaror chiqarilgan). Samarqand hokimi Turobjon Jo‘rayev esa pudratchilardan 2 million dollardan ortiq pora olgani isbotlangan, seyfidan 1 million dollar chiqqani aytilgandi.

    * * *

    Paxtakorlarni ariqdagi suvga tushirib jazolagani uchun prezident kechirmagan mansabdor Zoir Mirzayev yana katta sahnaga qaytdi. Oqqo‘rg‘ondagi o‘sha kulgili va ayni vaqtda achinarli voqea chet el nashrlarida ham yoritilgach, bosh vazir Abdulla Aripov o‘zining o‘rinbosari Zoir Mirzayevni ishdan olib, tuman hokimligiga qo‘ygandi.

    Zoir Mirzayev.

    Zoir Mirzayev.
    Foto: “Daryo”

    26-oktabr kuni Qashqadaryoda prezident administratsiyasi raisi Zaynilobiddin Nizomiddinov va bosh vazir Abdulla Aripov ishtirokida yig‘ilish bo‘ldi. Unda Qashqadaryo hokimi Zafar Ro‘ziyev ishdan olinib, o‘rniga Zoir Mirzayev viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Mirzayev 2010-2015-yillarda Samarqand viloyati hokimi ham bo‘lgan.

    Avgustdagi voqealardan (“zamhokim”ning yoqib yuborilishi, “snos”lar atrofidagi shov-shuvlar) so‘ng Zafar Ro‘ziyev xalqdan uzr so‘rab chiqqan uch hokimdan biri bo‘lgandi. U bilan birga Qarshi, Mirishkor, Chiroqchi va Kitob tumani hokimlari ham vazifasidan ozod qilindi.

    Zafar Ro‘ziyev oxirgi xabarlarga ko‘ra Jizzax viloyatining Zarbdor tumaniga hokim qilib yuborilgan.

    “Daryo” yangiliklarini kuzatib boring. O‘zbekiston va dunyo xabarlaridan eng birinchi voqif bo‘ling.

    27.10.2019, 12:26   Izoh (0)   65423
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Foto: Toshkent ko‘chalari bo‘ylab o‘tgan retro-avtomobillar va motosikllar “karvoni”

    27.10.2019, 12:06

    Qoraqalpog‘iston paxtakorlari Farg‘ona va Andijon viloyatlaridan keyin uchinchi bo‘lib paxta rejasini bajardi

    27.10.2019, 11:46

    XTV “O‘qituvchilarning oyligi faqat Toshkentda ko‘tariladi” degan gap-so‘zlarga oydinlik kiritdi

    27.10.2019, 11:08

    Namanganda qarzini bermagani uchun tanishini pichoqlagan yigit 7 yilga qamaldi (video)

    27.10.2019, 10:45

    O‘zbekistondagi parlament saylovlari munosabati bilan Vashington va Nyu-Yorkda saylov uchastkalari tashkil etildi

    26.10.2019, 23:05

    Jiddadagi bosh konsul Madina islom universitetida o‘qiydigan o‘zbekistonliklar bilan uchrashdi

    26.10.2019, 22:27
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Qadimgi Misr diyetasi: mashhur piramidalar quruvchilari qanday ovqatlangan?

    Layfstayl | 18 iyul, 22:05

    Bir qator mamlakatlarda Google ishida uzilishlar yuz berdi

    Dunyo | 18 iyul, 21:50

    “Al-Hilol” APL yulduzi uchun kurashga kirdi

    Sport | 18 iyul, 21:45

    Belarus prezidenti o‘z o‘g‘liga iqtidorli bolalar uchun mo‘ljallangan stipendiya tayinladi

    Dunyo | 18 iyul, 21:35

    Gollivud afsonalarining shuhrat qozonish imkoniyatini boy bergan farzandlari

    Layfstayl | 18 iyul, 21:20

    “Qilmishimdan pushaymonman”. Toshkentda Spark haydovchisi 5 kg narkotik bilan qo‘lga tushdi

    O‘zbekiston | 18 iyul, 21:10

    Germaniyadan turli jinoyatlar uchun hukm qilingan yuzga yaqin afg‘onistonlik vataniga qaytarildi

    Dunyo | 18 iyul, 21:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.