Namangan shahrida 1995-yilda tug‘ilgan, kasbi qassob bo‘lgan Olimxon ismli yigit ikki yarim million so‘m qarz olgan tanishi Muhsinovni pichoqlab, unga og‘ir tan jarohati yetkazdi. Bu haqda “Sevimli” telekanalining “Zamon” informatsion dasturida ma’lum qilindi.
Ushbu jinoyat ishi Jinoyat ishlari bo‘yicha viloyat sudida ko‘rib chiqildi. Guvohlar ko‘rsatmalari, daliliy ashyolar o‘rganildi.
O‘sha kuni Olimxon tanishi Muhsinovni “Bunyodkor” MFY hududidagi “Yoshlik baraka” bozori hududida uchratib, undan qarzini qaytarishni so‘raydi. Biroq o‘rtada janjal kelib chiqadi. Atrofdagi odamlar ikkalasini ajratib, Muhsinovni bozordan chiqarib yuboradi. Shunda Olimxon Muhsinovning orqasidan yugurib borib, unga yonidagi oshxona pichog‘i bilan tashlanadi hamda Muhsinovga o‘ta og‘ir jarohat yetkazadi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Namangan viloyati sudi tomonidan Olimxonga 7 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Izoh (0)