Foto: Toshkent ko‘chalari bo‘ylab o‘tgan retro-avtomobillar va motosikllar “karvoni”
Toshkentdagi “Paxtakor” stadioni yaqinidagi maydonchada 26-oktabr kuni O‘zbekiston, Qozog‘iston va Tojikiston motohavaskorlari, professional klublarning vakillari to‘plandi. O‘zbekistonda moto-mavsumning yopilishiga bag‘ishlangan tadbir shu yerdan boshlandi. “Daryo” muxbiri Madina Nurman voqea joyidan fotoreportaj tayyorladi.
Ishtirokchilar Navoiy ko‘chasidan boshlab Bektemir tumanigacha bo‘lgan yo‘lni o‘ziga xos “karvon” ko‘rinishida bosib o‘tdi. Poytaxtning markaziy ko‘chalari, qurilish maydonlari bo‘ylab o‘tayotgan motosiklchilar hamda retro avtomobillar yo‘lovchilar e’tiborida bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, ushbu parad 16-Mototuristlar slyotining bir qismi sanaladi.
Izoh (0)