UEFA tashkiloti Yevropa Ligasi 3-turi yakunlariga ko‘ra, haftaning eng yaxshi o‘yinchisi nomini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, bu nom “Arsenal” vingeri Nikolya Pepega nasib etdi. Pepe ushbu turda “Vitoriya” jamoasiga qarshi ikkinchi bo‘limda zaxiradan maydonga tushib, ikki bora jarima zarbasidan gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
“Kanonirlar” a’zosi bu yo‘lda quyidagi futbolchilarni ortda qoldirishga muvaffaq bo‘ldi.
- Rayan Kristi (“Seltik”) — “Latsio”ga qarshi o‘yinda (2:1) gol va samarali uzatma muallifi
- Franko Vaskes (“Sevilya”) — “Dyudelanj”ga qarshi o‘yinda (3:0) ikkita gol muallifi
- Ussama Idririssi (AZ Alkmar) — “Ostona”ga qarshi o‘yinda (6:0) gol muallifi
Izoh (0)