• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12834.61
    • RUB162.65
    • EUR14662.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +21°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Samarqandlik tadbirkor Sherzod Burhonov Oliy sud raisining sobiq o‘rinbosari Bahodir Dehqonov uni chuv tushirganini aytmoqda (video, 3-qism)

    “Daryo”da Oliy sud raisining sobiq o‘rinbosari Bahodir Dehqonovning ko‘rsatmasi bilan qamalgan samarqandlik tadbirkor Prezidentdan najot kutayotganligi to‘g‘risida maqola e’lon qilingandi.

    Mavzuga doir: Oliy sud raisining sobiq o‘rinbosari Bahodir Dehqonov sabab 12 yilga qamalgan samarqandlik tadbirkor Prezidentdan najot kutmoqda (1-qism)

    2017-yil fevral oyida Jinoyat kodeksining 165-moddasi 2-qismi “a, v”, 168-moddasi 3-qismi “a” bandi, 184-moddasi 3-qismi, 189-moddasi, 28, 211-moddasi 3-qismi “a” bandi va 243-moddasida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilgan Sherzod Burhonovga 12 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Mazkur masala yuzasidan jurnalistik surishtiruv olib borayotgan “Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayev samarqandlik tadbirkor, mahkum Sherzod Burhonov bilan suhbat uyushtirdi.

    — Bilasizmi, sud qanday o‘tdi, xuddi teatrdek. Bo‘ynimga nohaq ayblovlarni qo‘yishdi. Sudya “sen qamalasan, mol-mulking musodara bo‘ladi” dedi. Birovlarning mol-mulki musodara bo‘ldi. Men hatto sudyaga birovlarning mol-mulki, ya’ni 6 ta avtomobil, “Almaz zolotoy dvorets” restoranini qaytarib bering, menga tegishli bo‘lgan “Almaz Mastura Almos” baxmal ishlab chiqarish sexini musodara qiling deb aytdim. Ammo sudya buni rad etdi, — deydi Sherzod Burhonov. – Keyinchalik buyurtmachilarning maqsadi “Almaz zolotoy” restoraniga qaratilganligini bildim. Ularning niyati restoranga egalik qilish edi. Bular hatto keyinchalik restoran sotuvga qo‘yilganidan keyin ham sotib olaman deb yugurishdi. Lekin orada boshqalar sotib olib ketdi.

    Sherzod Burhonov qamalganidan so‘ng 350 kishi ishlab kelgan “Almaz Mastura Almos” baxmal sexining faoliyati ham to‘xtagan. Natijada korxonada faoliyat yurituvchi ishchilar tirikchilik uchun chet elga ishlagani ketib qolgan.

    — Meni 12,5 yilga qamash dastlabki reja bo‘lgan. Ularning asl maqsadi keyinchalik meni qamoqxonada uzoq muddatga qoldirish edi, — deydi Sherzod Burhonov. — Prezidentimizning besh kishiga ish bergan tadbirkor mening himoyamda degan gaplarini eshitib juda xursand bo‘lganman. Nasib qilsa chiqib olsam, albatta, korxonalarni ishlatib, restoranlarimni qaytarib olib, kelgusida astoydil mehnat qilaman.

    2012-yilning 20-iyul kuni Samarqand shahridagi 11-son davlat notarial idorasining notariusi Mubin Jo‘rayev tomonidan tasdiqlangan 82/100 qism uy-joy oldi-sotdi shartnomasida “Almaz zolotoy dvorets” restorani qurilgan joy — Abdurahmon Jomiy ko‘chasi, 29-uy Burhon Sirojevdan sotib olinganligi ko‘rsatilgan. Hatto shartnomaning 3-bandida kadastr xizmat ma’lumotnomasiga muvofiq, sotilayotgan 82/100 qism uy-joyning inventarizatsion narxi 34, 551 820 so‘mni tashkil qilib, taraflar tomonidan 100 million so‘mga baholangani va sotuvchi ushbu pulni sotib oluvchidan shartnomani imzolash arafasida to‘liq olganligi bildirilgan.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Ammo Baxtiyor Sirojev otasining nomiga rasmiylashtirilgan Abdurahmon Jomiy ko‘chasi, 29-uyning pulini olinmagan deb murojaat qilgan. Shuningdek, uning yonida 11 nafar fuqaro yashaydigan 27-“A” uy ham sotib olingan. Biroq ularning birortasi pulni olganim yo‘q deb murojaat qilmagan. Birgina Baxtiyor Sirojevning asossiz murojaati sabab 27-“A” uy ham musodara bo‘lib ketgan. Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sud sudyasi Bahodir Aliqulov esa ushbu notarial qog‘ozlarni inobatga olmagan.

    —Dushmanlarim yaqinlarim bo‘lib chiqishdi. Natijada birovlarning mol-mulklari musodara qilindi. Ular haligacha o‘zining mulkini so‘rab kelishadi, — deydi Sherzod Burhonov. — Birovlarga o‘xshab mablag‘larni chet elga chiqarganim yo‘q. Hatto kredit ham olmaganman. Soliqlarni o‘z vaqtida to‘lab kelganman. Ammo baribir bo‘ynimga 1 milliard 600 million so‘m qarz qo‘yildi. Uning o‘rniga 6 ta avtomashina va 4,5 milliard so‘mga baholangan “Almaz zolotoy dvorets” restorani musodara bo‘lib ketdi.

    Sherzod Burhonovning ta’kidlashicha, sud jarayonida auditorning tekshiruv xulosalari xronometraj qilinib, sudya Bahodir Aliqulovga tushuntirilganiga qaramasdan sud buni inobatga olmagan. Sud jarayonida korxonada taftish o‘tkazgan Samarqand viloyat Davlat soliq boshqarmasi xodimi auditorning savollariga javob berolmagan.

    — Menga qo‘yilgan 243-moddani qamoqqa kirganimdan so‘ng bildim. Bu “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish” moddasi ekan. Uni kimga qo‘yadi? Bu modda noqonuniy pul ishlagan bo‘lsa qo‘yiladi. 184-modda (“Soliqlar yoki boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash”) va 189-modda (“Savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzish”) ham asossiz qo‘yilgan. Axir men mansabdor shaxs emasman-ku? Men zavod va fabrika ishlataman, — deydi Sherzod Burhonov. — Ular o‘sha payt baxmal sexini olishi kerak edi. Ammo u bularga ma’qul bo‘lmagan. Ular kattaroq narsani mo‘ljallagan. Qolaversa, birinchi marta ko‘ryapman, ishlaganiga 2 oy bo‘lgan korxonaga 138 million so‘m qarz qo‘yilganini. Ular shunaqa tuhmatlar bilan qamab qo‘yishdi.Sherzod Burhonov Prezident Shavkat Mirziyoyevdan o‘ziga qo‘yilgan ayblovlarni qaytadan ko‘rib chiqishda yordam so‘ramoqda. Uning aybsizligi, sobiq sudya Bahodir Dehqonov va MXXning sobiq birinchi o‘rinbosari Shuhrat G‘ulomov, ularning topshirig‘ini bajargan sudya Bahodir Aliqulov hamda tergovni buyurtma asosida olib borgan katta leytinant San’at Odilovning noqonuniy xatti-harakatlari ko‘rib chiqilishini istamoqda.

    — Maqsadim bitta, xalqimizda tadbirkor ko‘paysin. Odamlarimiz shu yerda ishlasin, chetga chiqmasin. O‘zbekistonni dunyoga tanitib, chet elga mahsulotlarini eksport qilsin, — deydi Sherzod Burhonov.

    Sherzod Burhonov Oliy sud tomonidan “Daryo” nashri orqali berilgan munosabatga ham o‘z qarashini bildirib o‘tdi.

    – Men Oliy sudning munosabatini o‘qidim. U yerda oliy ma’lumotli, Prezident ishonch bildirgan shaxslar ishlaydi. Ammo to‘g‘risi, juda kulgili javob bo‘lgan. Maqolada aniq savol qo‘yilgan. Nima uchun birovning mulki bo‘lgan “Almaz zolotoy dvorets” restorani, 6 ta avtomashina noqonuniy tarzda musodara bo‘ldi? Qolaversa, nega 12,5 yil muddatga qamalishi so‘ralgan? — deydi Sherzod Burhonov. — Ammo ularning javobida “advokat Ozoda Muxtorovaning murojaati yuzasidan bizlar bir yil muddatini kamaytirdik” deyilgan. Jinoyat Kodeksining 168-moddasida (“Firibgarlik”) agar yetkazilgan moddiy zararning o‘rni qoplangan taqdirda ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qo‘llanilmaydi deb belgilab qo‘yilgan. Menga bu modda bilan 2 yil hukm o‘qilib, keyinchalik bir yilini olib tashlayapti. Biz haqiqat uchun murojaat qilyapmiz, bir yil muddatni olish uchun emas.

    Mavzuga doir: Oliy sud raisining sobiq o‘rinbosari Bahodir Dehqonov sabab 12 yilga qamalgan samarqandlik tadbirkor himoyachisining shikoyati qanoatlantirilmadi

    Sherzod Burhonov binolar va mol-mulklar musodara qilinishidan tushgan pullar qayerga ketgan degan savolni ham o‘rtaga tashlagan. Bu pullar aniq davlat hisobiga borib tushganmi yoki yo‘qmi? Qolaversa, na tergov va na sud davomida 1 milliard 600 million so‘mlik kamomad nima maqsadda qo‘yilganligiga aniqlik kiritilmagan.

    — Menga 243-modda (“Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish”) bo‘yicha ayblov qo‘yildi. “Almaz zolotoy dvorets” restorani 4,5 milliard so‘mga baholandi. Undan tashqari, 6 ta avtomobil ham musodara qilindi. Umumiy hisobda 5,5 milliard so‘mlik mol-mulk musodara qilindi. Menga isbotlab berishlari kerak qancha pulni yashirganimni, — deydi Sherzod Burhonov. — Hali bular 1,6 milliard so‘mni isbotlab bermasdan musodara pullari davlatga o‘tkazib yuborilsin deyapti. Men tadbirkorman. Xalqimizga ish beryapman. O‘zingiz o‘ylang, 300 nafar fuqaro qo‘lingizda ishlasa bittadan bolasi bo‘lsa 600 kishi, ikkitadan bo‘lsa 900 kishi bo‘ladi. 900 kishini dimog‘i chog‘, qozoni qaynaydi, vaqtida oyligini oladi.

    Sherzod Burhonovning ta’kidlashicha, sud jarayonida Samarqand shahar IIBning sobiq birinchi o‘rinbosari sudga kelib uni tanimasligini bildirgan. Tergov jarayonida tadbirkorga Jinoyat kodeksining 211-moddasi (“Pora berish”) to‘g‘ridan to‘g‘ri qo‘yilgan. Ammo sud hukm o‘qiyotganda 28-moddasi (“Jinoyat ishtirokchilarining turlari”) orqali 211-modda qo‘yilgan va 4 yil muddatga qamoq jazosi tayinlangan.

    – Men advokatimdan 28-modda orqali ayblov qo‘yish nima deb so‘raganimda, bu pora beraman deb o‘ylagan, xayol qilgan deb tushuntirdi. Xayol qilganimga 4 yil olsam, bu juda kulgili emasmi? 45 ming dollar pora beraman, deb o‘y surgan ekanman. Nima, bular folbin bo‘lganmi?

    Masalaning yana bir qiziq tomoni shundaki, Sherzod Burhonov qamalganidan so‘ng Oliy sud raisining sobiq o‘rinbosari Bahodir Dehqonov nazorat tartibida yozgan shikoyatidan so‘ng uning molk-mulklarini savdoga qo‘yishni to‘xtatgan.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    —Murojaatimiz Bahodir Dehqonovga borib tushyapti. U Oliy sud nomidan kimoshdi savdosida qo‘yilgan narsalarni to‘xtatish bo‘yicha xat yuboryapti. Men bu xatni ko‘rib, ochig‘i, quvondim. Ammo bir oy davomida biz 1,6 milliard so‘mni to‘lashimiz kerak edi. Shunda qarzlarni to‘lash uchun advokatga 250 ming dollar berdik. Pul to‘lanishi bilan savdodan to‘xtatilgan narsalar yana o‘z kuchida qolib, savdoga chiqarildi, — deydi Sherzod Burhonov. — Men 1,6 milliard so‘mni to‘layapman, sotuvdan to‘xtatilib qarzlar qoplanganidan so‘ng yana mol-mulklar kimoshdi savdosiga chiqarib yuborilmoqda. Turmush o‘rtog‘im kelib vaziyatni tushuntirganidan so‘ng pulni qaytarib olinglar, deb aytdim. Menga o‘sha puldan 90 ming dollar qaytarib berilyapti. Qolgan 160 ming dollar pul ularda qolib ketgan. Bu yerda ham Bahodir Dehqonovning qo‘li bor deb o‘ylayapman. Negaki aynan Dehqonov savdodan to‘xtatish xatini yuborgandi. U meni ham qamab, ham mol-mulkimni savdodan olib qolaman deb ikki tomonlama ish qildi.

    Sherzod Burhonov ishni qayta ko‘rib chiqish maqsadida 4 marotaba Oliy sudga murojaat qilgan. To‘rt marotaba ham “hukm o‘z kuchiga qoldi” degan javob kelgan. Oxirgi xat yozilganida Bahodir Dehqonov qamalgan.

    Mavzuga doir: Oliy sud raisi sobiq o‘rinbosari Bahodir Dehqonov 5 yilga ozodlikdan mahrum etildi

    — Meni 12 yil 6 oyga nohaq qamashdi. Barcha ishni qaytadan ko‘rib chiqishlarini, aybim bo‘lsa to‘liq isbotlab berishlarini istayman. 3 yil umrim o‘tib ketdi. Odilona sud ko‘rib chiqib, adolatli hukm chiqarish tarafdoriman. Asossiz qamoqda o‘tirish juda ham alam qilar ekan. Odam agar shu ishni qilgan bo‘lsa men shuni qildim-ku, shuning uchun o‘tiribman deydi. Ammo menda bu narsa yo‘q. Hammasi asossiz. Birorta aybim isbotlangani yo‘q. “Daryo”ga murojaat qilishim ham bejiz emas, chunki sizlar shikoyatimga e’tiborsiz bo‘lmadingiz, masalani mohiyatiga yetishga harakat qilyapsiz, — deydi Sherzod Burhonov.

    Mavzuga doir: Samarqandlik tadbirkor Sherzod Burhonov 12 yilga qamalishi sudlanishidan avval aniq bo‘lgan (video, 2-qism)

    24.10.2019, 10:10   Izoh (0)   29409
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shofirkonda quturgan itlar qo‘ylarni bo‘g‘izlab ketayotgani yuzasidan ma’lumot berildi

    24.10.2019, 09:32

    Buxorodagi axlatxonada yashayotgan ayol haqidagi maqoladan so‘ng mutasaddilar vaziyatni o‘rgandi

    24.10.2019, 09:16

    Davlat bojxona qo‘mitasi maxfiy yuklar ortilgan furalar haqida: “Tarqalgan xabarlar hech qanday asosga ega emas”

    24.10.2019, 08:45

    Yangiyo‘l taksichilarini Telegram’da haqorat qilgan IIB xodimi egallab turgan lavozimidan chetlatildi

    24.10.2019, 08:32

    Oliy sud Prezident devoni sobiq xodimining ishi bo‘yicha ma’lumot berdi

    24.10.2019, 07:44

    Andijonda tarixiy tepalik g‘isht qilib sotilmoqda (video)

    24.10.2019, 04:35
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    Xon Saroy tomonidan an’anaviy “Mening orzuyimdagi uy” rasmlar tanlovi boshlandi 


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi


    LUKOIL: yosh iste’dodlar ovozi katta sahnada yangradi


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    Sistit — bu uyat emas!


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi


    Mastercard Digital Uzbekistan 5- xalqaro PLAS-Forumida qatnashdi


    Chirchiqdagi yangi bog‘ - zamonaviy ko‘ngilochar va dam olish maskani ochildi


    O‘zbekiston Milliy banki Xitoy yuani ayirboshlash xizmatini Toshkent shahri va poytaxt aeroportida yo‘lga qo‘ydi


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    Yangiyo‘lda “Tomorqa maktabi” ochildi

     

    Tavsiya etamiz

    Gitlerdan so‘ng eng mashhur natsist – dorga osilgan Ribbentropning ayanchli taqdiri

    31 may, 19:25

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    34 yoshli ayol 24 soat ichida turnikda tortilish bo‘yicha Ginnes rekordini o‘rnatdi

    Dunyo | 3 iyun, 00:00

    “Tramp Putin va Zelenskiy bilan uchrashuvga tayyor” — Oq uy matbuot kotibi

    Dunyo | 2 iyun, 23:45

    “Ukraina o‘t ochishni to‘liq to‘xtatishni talab qilmoqda” — Vladimir Zelenskiy

    Dunyo | 2 iyun, 23:30

    Parijda Makronning haykali o‘g‘irlab ketildi

    Dunyo | 2 iyun, 23:15

    Yaponiya 10 ming nafar o‘zbekistonlik mutaxassisni ish bilan ta’minlaydi

    O‘zbekiston | 2 iyun, 22:58

    Istanbulda Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi muzokaralarning ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi. Nimalarga kelishildi?

    Dunyo | 2 iyun, 22:40

    Yamal “Oltin to‘p” haqida gapirdi

    Sport | 2 iyun, 22:28

    Namanganda Onix lyukidan tanasini chiqarib harakatlangan qiz uzr so‘radi (video)

    O‘zbekiston | 2 iyun, 22:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.