“Yandeks” aksiyalari qiymati 21-oktabr kuni tushdan so‘ng 9 foizga, bir donasi uchun 2100 rublgacha ko‘tarildi. Bu haqda The Bell xabar bermoqda.
Rossiya kompaniyasi aksiyalari hukumatning Davlat dumasi deputati Anton Gorelkin taklif qilgan qonun loyihasiga munosabati haqidagi yangiliklardan so‘ng qimmatladi. Hukumat 18-oktabr kuni muhim internet-resurslardagi xorijiy ulush miqdorini 50 foizgacha ko‘tarishni taklif qildi. Gorelkin 20 foizni taklif qilgandi.
Gorelkinning qonun loyihasi yoz oyida paydo bo‘lgandi. Uning Davlat dumasida batafsil muhokama qilinishi oqibatida “Yandeks” kapitallashuvining oltidan birining yo‘qotdi (11-oktabrda 1,8 milliard dollar boy berilib, 9,8 milliard dollargacha pasaydi).
Ma’lumot uchun, “Yandeks” asoschisi Arkadiy Volojda Rossiyadan tashqari Malta fuqaroligi ham bor. U kompaniyaning 48,4 foiz ovoz beruvchi ulushiga egalik qiladi.
Izoh (0)