Norvegiya poytaxti Osloda qurollangan erkak tez tibbiy yordam mashinasini olib qochib bir necha kishini urib ketdi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
Jinoyatchini tutish uchun vertolyot safarbar etildi, politsiya qurol qo‘lladi. Erkak qo‘lga olingan, u olgan jarohat hayoti uchun xavfli emasligi aytilmoqda.
NRK telekanaliga ko‘ra, erkakning harakatlaridan bolalar kolyaskasini yetaklagan ayol va keksa juftlik jabrlangan. Ular kasalxonaga yetkazilgan, biroq holatlari haqida aniq ma’lumot yo‘q.
Jinoyatchini mazkur hatti-harakatga undagan sabablar ham hozircha ma’lum emas.
Izoh (0)