“So‘g‘diyona” klubi O‘zbekiston chempionatida uchinchi o‘rinni egallaydigan bo‘lsa, jamoa a’zolari avtomobil bilan taqdirlanishi mumkin.
“Championat.asia”ning xabar qilishicha, Ulug‘bek Baqoyev boshchiligidagi klub Superligada bronza medallarini qo‘lga kiritsa, jamoa vakillariga Gentra avtomobillari topshiriladi.
Jizzax klubi o‘z tarixida bir marta bronza medallariga ega chiqqan. Bu voqea 1992-yilgi mavsumda kuzatilgan. 2005-yildan buyon “So‘g‘diyona” mavsumni 10-pog‘onadan pastda yakunlab kelmoqda.
Eslatib o‘tamiz, “So‘g‘diyona” chempionat tugashiga 4 ta tur qolgan paytda musobaqa jadvalida 3-o‘rinda bormoqda.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)