UFC ustasi Dastin Porye Konor Makgregor—Frenki Edgar jangiga munosabat bildirdi. Bu haqda ESPN xabar bermoqda.
“Edgar—Makgregor jangi haqida ko‘p o‘ylaganim yo‘q. Frenki ajoyib yigit va buyuk chempion. So‘nggi ikkita jangni boy bergach, vazn tashlashga qaror qilganini bilaman. Frenkini hurmat qilgan holda aytaman: Konor uni o‘ziga ayni damdagi eng qulay raqib deb hisoblayotgan bo‘lishi katta ehtimol. Konor kim bilandir jang qilishdan qo‘rqadi deb o‘ylamayman. Ammo uning mendan qochyaptimi yoki yo‘q buni ham bilmayman. Biroq u o‘zi uchun qulay jang izlayotgani ham bor gap, menimcha. Bizning jangimiz esa hali muhokama qilinmadi. Ushbu jangga erishaman deb umid qilaman”, — deydi Dastin Porye.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)