Super og‘ir vaznda WBA, WBO, IBF kamarlari sohibi Endi Ruis o‘zining restlingga bo‘lgan munosabatini ma’lum qildi. Bu haqda Daily Mail xabar berdi.
“Chempion bo‘lganim zahoti meni restlingga taklif qilishdi. Ular meni borib, hammasini tekshirib ko‘rishimni so‘rashdi. Ammo, bilasizmi, boks — mening hayotim. Oilam bilan munosabatimni hisobga olmasa, boks — bu men to‘g‘ri qila oladigan yagona ish. Yanada jiddiy yutuqlarga erishish uchun ham boksda qolaman. Balki, keyinroq boshqa nimadir haqida o‘ylab ko‘rarman”, — deydi Ruis.
Ma’lumot uchun, Ruis 7-dekabr kuni Saudiya Arabistonida Entoni Joshuaga qarshi revansh jangida ringga chiqadi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)