“Bavariya” Bundesliganing 8-turi doirasida safarda “Augsburg”ga qarshi maydonga chiqib, 2:2 hisobida durang qayd etdi.
Myunxen klubi himoyachisi Niklas Zyule uchrashuvda jarohat oldi. “Bavariya” matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Zyule chap tizzasidan jarohat olgan. Endi himoyachi jarrohlik amaliyotini boshdan o‘tkazadi. Hozircha futbolchining aniq qachon safga qaytishi haqida rasmiy ma’lumot berilmagan.
Kicker ma’lumotiga ko‘ra esa Zyule kamida 2 oy maydonga tusha olmaydi.
Joriy mavsum Niklas Bundesliga doirasida 8 ta o‘yin o‘tkazib, 1 ta golli uzatma berdi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)