Futbol bo‘yicha Rossiya chempionati 13-turi doirasida “Zenit” jamoasi o‘z uyida “Rostov”ni qabul qildi.
Uchrashuvda mezbonlar safida Artyom Dzyuba het-trikka erishgan bo‘lsa, Sardor Azmun, Vyacheslav Karavayev hamda Vilmar Barrios bittadan gol urdi. Mehmonlarning yagona javob goliga esa 83-daqiqada Roman Yeremyenko mualliflik qildi.
Rostovliklar safida O‘zbekiston terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov 77 daqiqa maydonda harakat qildi. Uning o‘rniga zaxiradan Byorm Sigurdsson maydonga tushirildi.
Ushbu g‘alabadan so‘ng “Zenit”ning ochkolar soni 29 taga yetdi va jamoa 1-o‘rinni “Lokomotiv” bilan bo‘lishib turibdi. “Rostov” hisobidagi ochkolar esa 26 tani tashkil etib, klub to‘plar hisobiga 3-o‘rinni “Krasnodar” bilan bo‘lishib turibdi. Krasnodarliklar zaxirasida bitta o‘yin bor.
RPL13-tur19-oktabr, shanba
“Zenit”—“Rostov” 6:1
Gollar: 1:0 — 14, penalti Dzyuba, 2:0 — 20 Dzyuba, 3:0 — 44 Azmun, 4:0 — 61 Karavayev, 5:0 — 80, penalti Dzyuba, 5:1 — 83, penalti Yeremenko, 6:1 — 90+2 Barrios.Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)