“Atalanta” klubi hamda Ukraina terma jamoasi yarim himoyachisi Ruslan Malinovskiy faoliyatini Londonda davom ettirishi mumkin, deb yozadi “Sport Arena”.
“Chelsi” futbolchining xizmatlariga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Hatto klub akademiyasi murabbiyi Klod Makelele Malinovskiyning o‘yinini kuzatishga ulgurgan. Makelele tashrif buyurgan o‘yinda Ukraina terma jamoasi Yevro—2020 saralashi doirasida Portugaliyani 2:1 hisobida taslim qildi.
Ruslan joriy mavsum A Seriyada 6 ta o‘yin o‘tkazdi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)