• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Sud jarayonini OAVda to‘g‘ridan to‘g‘ri yoritish ko‘zda tutilgan qonun loyihasi deputatlar e’tiroziga sabab bo‘ldi

    Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 18-oktabr, juma kuni o‘tkazilgan navbatdagi majlisida “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonunlariga sudlar faoliyatida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanishga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi majlis kun tartibidan chiqarildi. Bu haqda Qonunchilik palatasi axborot xizmati xabar berdi.

    Foto: Oliy Majlis Qonunchilik palatasi axborot xizmati

    Foto: Oliy Majlis Qonunchilik palatasi axborot xizmati

    Loyihada protsessual kodekslarga sud majlislarini taraflarning fikrini inobatga olgan holda raislik etuvchining ruxsati bilan yoki uning tashabbusiga ko‘ra, protsessual qonun hujjatlari talablariga rioya etgan, odil sudlov manfaatlarini hamda sud majlisi ishtirokchilarining xavfsizligini ta’minlagan holda translyatsiya qilishni amalga oshirishning huquqiy asoslarini belgilash, shuningdek, maxfiy axborotni oshkor etishning oldini olishga qaratilgan tegishli o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish nazarda tutilgan.

    Taklif etilayotgan o‘zgartish va qo‘shimchalarning kiritilishi sud majlislarini real vaqt rejimida erkin kuzatish imkoniyatini beradi. Ya’ni, loyiha bilan fuqarolik, iqtisodiy, ma’muriy va jinoyat ishlari bo‘yicha sud majlislarini endilikda radioda, televideniyeda va internet orqali to‘g‘ridan to‘g‘ri onlayn translyatsiya qilish nazarda tutilmoqda.

    “Qonun tashabbuskorlari bu bilan fuqarolarning huquqiy ongini oshirish, jinoyatlarning erta oldi olinishiga va oilaviy nizolarni, shuningdek, boshqa huquqbuzarliklarni profilaktika qilishga yo‘l ochishidan umid bog‘lagani yaqqol ko‘rinadi.

    Ammo loyiha parlament quyi palatasiga kelib tushgan kundanoq o‘tkazilgan muhokamalar, fraksiyalardagi munozaralar chog‘ida ko‘plab deputatlarning e’tirozini keltirib chiqardi. Parlament a’zolari taklif etilayotgan yangilik qanchalik to‘g‘ri, degan savolni qo‘ymoqda. Sud jarayoni to‘g‘ridan to‘g‘ri ommaga havola qilinsa, taraflarning dardi dasturxon etilsa, sha’n, qadr-qimmat, konstitutsiyaviy huquq hisoblanmish daxlsizlik degan narsalar, qolaversa, xolislik qanday ta’minlanadi, degan e’tiroz ham kelib chiqmoqda. Qolaversa, deputatlar bu milliy qadriyatlarimizga putur yetkazmaydimi, farzandlarimiz ruhiyatiga ziyoni qanchalik, jamiyatimiz hali bunga tayyormi, degan savolni o‘rtaga tashlamoqda”, — deyiladi xabarda.

    “Tabiiy savol tug‘iladi, nega fraksiya a’zolari bo‘lgan deputatlar ushbu qonun loyihasiga qat’iy qarshi chiqmoqda? Biz bunyodkorlik ishlari avj olgan, shiddatli islohotlar davom etayotgan davrda yashamoqdamiz. Aholimizning ruhiyatini ko‘tarish, ertangi kunga ishonchini oshirish ustuvor masalaga aylangan bugungi kunda sud majlisida ko‘rilayotgan ikki taraf o‘rtasidagi turli muammolarni televideniyeda yoki ijtimoiy tarmoqlarda to‘g‘ridan to‘g‘ri namoyish etish odamlarimizga, ayniqsa, yoshlarimizga qay darajada salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini ko‘z oldimizga keltirsak, masala naqadar jiddiyligi yanayam namoyon bo‘ladi”, — deydi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasi a’zosi Akmal Umrzoqov.

    Qolaversa, “aybsizlik prezumpsiyasi”ga ko‘ra, shaxs qonuniy kuchga kirgan sud hukmi chiqmagunga qadar aybsiz hisoblanadi. Qonun loyihasi tashabbuskori esa, hali aybdor deb topilmagan shaxs haqida jamoatchilikka muayyan shaxsning aybdor yoki jinoyatchi sifatida tanilishiga olib keluvchi normani taklif etmoqda.

    “Tasavvur qiling: bir odamning ishi sudda ko‘rilayotganini televideniye orqali to‘g‘ridan to‘g‘ri ko‘rsatsa, u kelgusida aybsiz bo‘lib chiqsa, boringki, aybdor bo‘lsa ham uning ko‘cha-ko‘yda, mahallada, qarindosh-urug‘, quda-anda, xalq orasida yomonotliqqa chiqishga olib keladi. Bu esa, uning oila a’zolari, farzandlarining ham jamiyatdagi, ish, o‘qish joylaridagi obro‘siga ham salbiy ta’sir ko‘rsatishi aniq. Or-nomus, uyat degan narsalar bor. Hayotimizda el orasida sharmanda bo‘lish oqibatida o‘z joniga qasd qilganlar ham borligini unutmaslik kerak.

    Ikkinchidan, sud majlisi tomoshaxona emas, tarbiyaviy jarayon ham emas aslida. Sababi, tarbiyaviy jarayon yakuniy qaror chiqqanidan keyin amalga oshiriladi. Tabiiyki, sud jarayonida taraflarning shaxsiga, hayotiga, qadr-qimmatiga aloqador bo‘lgan ko‘plab masalalar muhokama qilinadi.

    Bizningcha, har qanday sud majlisini OAVda to‘g‘ridan to‘g‘ri yoritish insonning shaxsiy hayotiga aralashishdir. Ayni paytda Konstitutsiyamizda inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa huquqlari daxlsiz va oliy qadriyat ekani ko‘rsatilgan. Qolaversa, Jinoyat protsessual kodeksining 17-moddasida ‘inson sha’ni va qadr-qimmatini kamsitadigan, uning shaxsiy hayotiga taalluqli ma’lumotlar tarqalib ketishiga olib keladigan harakatlar qilish yoki qarorlar chiqarish taqiqlanadi’, deb ham belgilab qo‘yilgan”, — deyiladi xabarda.

    Shulardan kelib chiqib, O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasi a’zolari deputatlarni ushbu qonun loyihasini kun tartibidan chiqarish, uni mas’ul qo‘mitaga qaytarish masalasini qo‘llab-quvvatlab ovoz berishga chaqirdi.

    Shundan so‘ng fraksiya a’zolarining taklifi ovozga qo‘yildi va qonun loyihasi kun tartibidan chiqarilib, mas’ul qo‘mitaga qaytarildi.

    18.10.2019, 16:54   Izoh (0)   10826
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki O‘zbekistondagi 2 ta uran konini qayta tiklash uchun 7 mln yevro ajratadi

    18.10.2019, 16:23

    Yaponiya kompaniyalari O‘zbekiston gaz uzatish tizimini modernizatsiya qilish bo‘yicha tenderda ishtirok etadi

    18.10.2019, 16:08

    Prezident Surxondaryoda charm-poyabzal korxonalari tashkil etish bo‘yicha topshiriq berdi

    18.10.2019, 15:07

    Toshkentda haydovchi chorrahani tartibga solayotgan YPX inspektorini urib ketdi (video)

    18.10.2019, 14:52

    “Yallama” posti orqali jismoniy shaxslar va ayrim turdagi transport vositalarining harakati vaqtincha cheklanadi

    18.10.2019, 14:36

    Bukhara City sabab marmarsozlar do‘konining buzilayotgani to‘g‘risidagi xabarlar rad etildi

    18.10.2019, 14:06
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!

     

    Tavsiya etamiz

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tramp Putinga Ukraina bilan hududlar almashinuvini muhokama qilishni taklif qiladi

    Dunyo | 7 avgust, 23:25

    “Deputat saylovchilar masalalarini ko‘tarib, har qanday darajadagi rahbarga ko‘ndalang qo‘yishi kerak” — Erkinjon Turdimov

    O‘zbekiston | 7 avgust, 23:16

    Google bepul AI repetitorni taqdim etdi

    Dunyo | 7 avgust, 23:10

    Elektr taʼminoti korxonalari xodimlari ham bodikamera bilan ishlashni boshladi

    O‘zbekiston | 7 avgust, 22:55

    Buxoroda ota farzandlariga 128 mln so‘m alimentni to‘lamay yurgani maʼlum bo‘ldi

    O‘zbekiston | 7 avgust, 22:45

    Gana prezidenti samolyot halokatidan mo‘jiza tufayli omon qolgan — Ghanaweb

    Dunyo | 7 avgust, 22:30

    Google xakerlik hujumiga uchraganini tasdiqladi

    Dunyo | 7 avgust, 22:20

    Buxoroda tadbirkor 800 mln so‘mdan ortiq asossiz soliqqa tortildi

    O‘zbekiston | 7 avgust, 22:09
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.