Toshkentning Shayxontohur tumanida haydovchi YPX inspektorini urib ketdi, deb xabar bermoqda IIBB matbuot xizmati.
Hodisa 18-oktabr, juma kuni soat 08:00 atrofida Abay va Abdulla Qodiriy ko‘chalari chorrahasida sodir bo‘lgan.
Lacetti’ni boshqarib ketayotgan 25 yoshli haydovchi A.R. ushbu chorrahani tartibga solayotgan YXXB YPX inspektori leytenant M.D.ni urib yuborgan.
Qayd etilishicha, tan jarohatlari olgan inspektor kasalxonaga yotqizilib, tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Izoh (0)