Toshkent viloyati Yuqorichirchiq tumanida yashovchi Gulnora K. turmush o‘rtog‘i Elyor B.ni oshxona pichog‘i bilan qasddan o‘ldirdi. Bu haqda “Daryo”ga Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, 38 yoshli Gulnora 1973 yilda tug‘ilgan turmush o‘rtog‘i Elyor bilan 10-oktabr kuni, soat 20:00 larda janjallashib qolgan. Janjal vaqtida Gulnora oshxona pichog‘i bilan erini ko‘krak qafasiga urib, uni qasddan o‘ldirgan.
Holat yuzasidan 11-oktabrda tuman prokuratarasi tomonidan Gulnoraga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.
Mavzuga doir: Toshkentdagi oilaviy nizolarning salkam 6 foizi ayollarning erkaklarga tazyiqi oqibatida kelib chiqqan
Izoh (0)