• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12514.34
    • RUB156.41
    • EUR14600.48
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “O‘zavtoyo‘l” qo‘mitasi raisi: “YTHlar yo‘llarning torligidan emas, harakat noto‘g‘ri tashkil etilgani oqibatida yuz bermoqda”

    Namangan viloyati hokimi Xayrullo Bozorov O‘zbekiston hukumati va Senatidan uzunligi 75 kilometr bo‘lgan ikki polosali “Pungan—Namangan” yo‘lini rekonstruksiya qilish va kengaytirish loyihasini qayta ko‘rib chiqishni so‘radi, deya xabar bermoqda “Gazeta.uz”.

    Xayrullo Bozorov.

    Xayrullo Bozorov.
    Foto: Madina Nurman / “Daryo”

    Xayrullo Bozorov 12-oktabr kuni Senatning 23-yalpi majlisidagi chiqishida Osiyo taraqqiyot banki (OTB) 2013-yili Milliy avtomagistralning Namangan viloyatidan o‘tgan qismi — “Toshkent—O‘sh” (A-373) trassasining bir bo‘lagini qurish uchun O‘zbekistonga 220 million dollar miqdorida kredit taqdim etganini eslatib o‘tdi.

    Loyiha bo‘yicha asfalt qoplamali ikki polosali yo‘l sement-beton qoplamali to‘rt harakatlanish bo‘lagidan iborat yo‘lga aylantirilishi kerak edi.

    “Namanganga olib boradigan bitta asosiy yo‘l bor. Bu dovondan tushgandan so‘ng keladigan, uzunligi 75 kilometr bo‘lgan ‘Sadoqat—Angor’ yo‘li. Afsuski, mana shu asosiy yo‘l ikki polosaligicha qolib ketdi. Yil sayin avtomobillar soni ortmoqda va yo‘l ikki polosaliligicha qolgani bois, odamlar qurbon bo‘layotgan avariyalar soni yildan yilga ko‘paymoqda. Bu yo‘l nafaqat Namangan shahri va Namangan viloyatini, balki Farg‘ona viloyatining chegaradosh tumanlarini ham qolgan hududlar bilan bog‘laydi”, — deya ta’kidladi hokim.

    Viloyat hokimining so‘zlariga ko‘ra, 2016-yili mazkur yo‘lda transport oqimi sutkasiga 15—20 ming avtomobilni tashkil etgan bo‘lsa, 2017-yilda ko‘rsatkich 20—25 minggacha, 2018-yilda esa 30 minggacha ko‘paygan, vaholanki yo‘l kuniga 10—15 ming mashinani o‘tkazish quvvatiga ega.

    “Bugungi kunda bu yo‘l bo‘ylab ikki barobar ko‘p mashina o‘tyapti. Oqibatda 2019 yilning dastlabki to‘qqiz oyida 33 ta YTH yuz berib, 19 kishi halok bo‘ldi, 42 kishi tan jarohati oldi”, — deya ma’lum qildi Xayrullo Bozorov.
    Hokim ushbu yo‘lni rekonstruksiya qilish va kengaytirish 2015—2019-yillarda yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish dasturiga kiritilganini eslatib o‘tdi. Loyihani amalga oshirish uchun Jahon banki mablag‘larini jalb etish ko‘zda tutilgan edi.

    “Uch yil avval yo‘l kengaytirilishi munosabati bilan buzilgan uy-joy va fermer xo‘jaliklari mulkining o‘rnini qoplab berish uchun 11 milliard so‘m ajratilgan edi. Kimlargadir yetkazilgan zarar puli to‘lab ham berilgan, 220 xo‘jalik boshqa joyga ko‘chirilgan, bog‘lar buzilgan, tabiatga zarar yetkazilgan. Biz barcha sharoitni tayyorlab qo‘ygandik. Ammo loyiha to‘xtab qoldi. O‘shanda yana LBMA (Prezident huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi) paydo bo‘lib, loyiha maqsadga muvofiq emasligi haqida asossiz xulosa chiqarib berdi”, — dedi u.

    Bunga javoban Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi rasisi Abdurahmon Abduvaliyev loyiha 2016-yilda to‘xtatilgani, shunga qaramay yo‘l qoplamasini ta’mirlash uchun 100 ming tonna asfalt ishlatilganini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, takroriy muzokaralar vaqtida OTB vakillari yo‘lning bu qismi kengaytirishga muhtoj emasligini ta’kidlagan.

    Abdurahmon Abduvaliyev.

    Abdurahmon Abduvaliyev.
    Foto: “Gazeta.uz”

    “Harakatni tartibga keltiring — shunda avariyalar ham bo‘lmaydi”, — dedi Abdurahmon Abduvaliyev, OTBning transport bo‘yicha katta mutaxassisi Pavan Karkining so‘zlaridan iqtibos keltirib.

    Qo‘mita raisi YTHlar yo‘lning torligidan emas, balki harakatning noto‘g‘ri tashkil etilgani oqibatida yuz berayotganini ta’kidlab, so‘zlariga dalil sifatida Germaniya tajribasini keltirdi.

    “Mana, hammamiz chet elda bo‘lganmiz. Masalan, Germaniyada 37 million avtomobil bor, bizda esa 2,5 million. U yerda bir tomonlama harakatga mo‘ljallangan uch polosali yoki ikki tomonlama harakatga mo‘ljallangan olti polosali yo‘llar yo‘q. Eng yirik avtobanlarda polosalar soni ikkitadan to‘rttagacha, xohlasang, soatiga 300 kilometr tezlikda harakatlanish mumkin. Sababi — yo‘l harakati xavfsizligi mas’ul tashkilotlar tomonidan to‘g‘ri tashkil etilgan. Bizda haydovchilar tunda uxlamay mashina haydaydi va qarama-qarshi qatnov qismiga chiqib, boshqa avtomobillar bilan to‘qnashadi”, — dedi qo‘mita raisi Abdurahmon Abduvaliyev.
    Shunga qaramay, Abdurahmon Abduvaliyev u rahbarlik qilayotgan qo‘mita yaqin vaqt ichida ushbu loyihani boshqa vazirliklar bilan birgalikda yana bir bor o‘rganib chiqishiga va’da berdi.

    12.10.2019, 20:01   Izoh (0)   23786
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekiston sudyalari endi maxsus kiyimda ishlaydi. Buning uchun davlat budjetidan 500 mln so‘m sarflanadi

    12.10.2019, 19:41

    Senat uch nafar sudyani O‘zbekiston Oliy sudi sudyasi etib sayladi

    12.10.2019, 19:20

    Islom hamkorlik tashkilotiga a’zo mamlakatlarda yoshlar huquqlari to‘g‘risida Toshkent deklaratsiyasi qabul qilindi

    12.10.2019, 18:42

    O‘zbekiston fuqaroligiga 3 yilda qancha odam qabul qilingani ma’lum qilindi

    12.10.2019, 18:21

    Ikrom Muslimov Oliy sud raisi o‘rinbosari etib tayinlandi. Avvalgi o‘rinbosar besh yilga qamalgan edi

    12.10.2019, 18:01

    Dang‘ara tumani hokimi yig‘ilishlarda maktab direktorlarini haqorat qiladi. Ular orasida hokimning o‘z xotini ham bor

    12.10.2019, 17:40
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi

     

    Tavsiya etamiz

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSH va Britaniya Zalujniy nomzodini Ukraina prezidenti lavozimiga ilgari surmoqchi — Rossiya tashqi razvedka xizmati

    Dunyo | 29 iyul, 21:15

    “Roma” “Manchester Siti” futbolchisini ijaraga olmoqchi

    Sport | 29 iyul, 21:02

    90-yillar yulduzlari kinoga qaytmoqda: karyerasini qayta tiklayotgan Gollivud aktrisalari

    Kino | 29 iyul, 20:55

    Twitter asoschisi tomonidan Bitchat Mesh nomli oflayn messenjer ishlab chiqildi

    Dunyo | 29 iyul, 20:40

    Hindiston koinotga robot-gumanoid yuborishni rejalashtirmoqda

    Dunyo | 29 iyul, 20:25

    Kapitan Huk, Skar, Kruella: Disney yovuz qahramonlarni yaratishda kimlardan ilhomlangan?

    Kino | 29 iyul, 20:15

    Isroil inson huquqlari tashkilotlari Netanyaxu hukumatini falastinliklarni qirg‘in qilishda aybladi

    Dunyo | 29 iyul, 20:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.