Toshkentda Islom hamkorlik tashkiloti Inson huquqlari bo‘yicha mustaqil doimiy komissiyasining “Tinchliksevar, demokratik jamiyatlar barpo etish va barqaror rivojlanish yo‘lida yoshlar huquqlarini rag‘batlantirish va himoya qilishning ahamiyati” mavzusidagi 6-seminari nihoyasiga yetdi. Bu haqda “Daryo”ga Yoshlar media markazi ma’lum qildi.
Xalqaro anjuman yalpi majlisida IHT Inson huquqlari bo‘yicha mustaqil doimiy komissiyasi raisi Akmal Saidov taqdim etgan yakuniy hujjat — Islom hamkorlik tashkilotiga a’zo mamlakatlarda yoshlar huquqlari to‘g‘risida Toshkent deklaratsiyasi qabul qilindi.
Toshkent deklaratsiyasida xalqaro darajada va IHTga a’zo mamlakatlar tomonidan yoshlar huquqlarini to‘la ta’minlash yo‘lida kelgusida amalga oshiriladigan muhim tashabbuslar bayon etilgan.
Izoh (0)