• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12778.12
    • RUB164.01
    • EUR14931.23
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Qarshi shahar hokimligi mevali daraxtlar kesilib, bog‘ payhon qilinayotgani haqidagi maqolaga munosabat bildirdi

    “Daryo”da “Qarshida mevali daraxtlar kesilib, bog‘ payhon qilinmoqda. Tirikchiligi bog‘dan o‘tayotgan 150 ta xonadon vakillari tashvishda” sarlavhali maqola e’lon qilingandi. Mazkur maqolaga Qarshi shahar hokimligi munosabat bildirdi. Munosabatni to‘lig‘icha keltiramiz.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Maqolada aytilganidek, bugungi kunda Qarshi shahri Buyuk Turon ko‘chasi hududida joylashgan, yo‘l chetidagi ma’lum yer maydoni dov-daraxtlardan tozalanmoqda, bu esa ayrim aholi vakillari noroziligiga sabab bo‘layapti. Negaki odamlar ushbu joydan uzoq yillar foydalanib, tasarruf etib kelgan. Bir qarashda bu hol shunday taassurot uyg‘otadiki, go‘yoki mazkur yer egalaridan tortib olinib, boshqa birovga berib yuborilyapti. Chunki allaqachon shunday o‘y-xayolga borgan kishilar ham yo‘q emas.

    Aslida-chi? Xo‘sh, bu hududdagi dov-daraxtlarning kesib olinishi qanchalik to‘g‘ri? Aholi e’tirozi o‘rinlimi?

    Ahamiyatlisi, maqolada ham ushbu savollarga rasmiylar tomonidan batafsil javob berilgan. Mazkur xatti-harakat qonuniy jihatdan ham asoslangan. Bunda tushunish qiyin bo‘lgan hech nima yo‘q aslida. Takror bo‘lsa-da, shu mavzuga doir izohlarni yana bir bor keltirsak.

    Avvalo, bog‘ joylashgan yer uchastkasining huquqiy egaligi masalasiga to‘xtalsak. Aholi vakillari shu yerda bog‘ qilib, hosilini sotib, daromad ko‘rib kelgan bo‘lishi mumkin. Ammo bu ular yerning qonuniy mulkdori degani emas. Maqolada ham alohida ta’kidlanganidek, ushbu yer maydoni shu paytgacha Qarshi shahar hokimligi zaxirasida turgan. Hech kimga tomorqa sifatida foydalanish uchun yoki dehqon xo‘jaligi qilib ham ajratib berilmagan. Bu holatga beriladigan qonuniy baho shunday: yer odamlar tomonidan o‘zboshimchalik bilan egallab olingan bo‘lgan. O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksida esa yer uchastkalari o‘zboshimchalik bilan egallab olinishiga yo‘l qo‘yilmasligi, hatto aybdor shaxslar javobgarlikka tortilishi qayd etilgan.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    E’tiborlisi, maqolada murojaatchilardan biri “Ushbu bog‘ hududidan 12 sotix yerim bor edi”, deyishga jur’at etgan. “Egasi menman shu yerning”, demoqchi bo‘layotgani ko‘rinib turibdi. Biroq buni tasdiqlovchi hujjat bo‘lmagani holda yerga egalikni da’vo qilish mantiqsiz emasmi?!

    Keyingi masala dov-daraxtlarning kesilishiga taalluqli. Albatta, bu borada ham to‘la qonuniy yo‘l tutilgani mutasaddilar tomonidan tushuntirib berilgan. Birinchidan, bu bog‘ davlat o‘rmon xo‘jaligi fondiga kirmaydi. Ya’ni shu maqsadda ro‘yxatga olinmagan, muhofaza qilinadigan hudud hisoblanmaydi. Ikkinchidan, jarayonga kirishishdan avval tegishli tashkilotning, aniqroq aytganda, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi hududiy organining xulosasi asosida ish ko‘rilgan. Shundan so‘ng hokimlik tomonidan dov-daraxtlar kesilishiga ruxsat berilgan.

    Qiziq jihati, maqolada bir murojaatchi daraxtlar kesilishi haqida aholi ogohlantirilmaganini tilga oladi. Xo‘sh, bu vaziyatda hokimiyat kimni avvaldan ogohlantirishi kerak edi? Axir ushbu yer ilgari hech kimga mulk qilib berilmaganku? Zaxirada turgan. Qonunchilikka ko‘ra, qachonki yerning huquqiy mulkdori bo‘lsagina, bu tartib qo‘llanadi.

    Aholi bilan bevosita suhbatlar o‘tkazilganda, daraxtlar kesilishidan ko‘rilgan zararni qoplab berishni so‘raganlar ham bo‘ldi. Turgan gapki, ularning bu talabi ham asossiz. Bu boradagi huquqiy munosabatlarni tartibga soluvchi Yer kodeksida barchasi ko‘rsatib o‘tilgan. O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari ularga g‘ayriqonuniy ravishda egalik qilingan va foydalanilgan vaqtda qilingan sarf-xarajatlar qoplanmagan tarzda tegishliligiga ko‘ra qaytariladi. Demak, qonunga zid ish tutgani uchun fuqarolarga ko‘rgan zarari kompensatsiya qilib berilmaydi. Balki buning o‘rniga ularga nisbatan javobgarlik ko‘zda tutilganini yuqorida ham eslatdik.

    Shuncha vaqt e’tiborsiz turgan yerga endi ehtiyoj paydo bo‘ldimi, degan haqli savol tug‘ilmoqda odamlarda. Albatta, bunga ham aniqlik kiritmasak bo‘lmaydi.

    So‘nggi vaqtda yurtimiz iqtisodiyotiga investitsiya kirib kelishi juda faollashgani isbot talab qilmas haqiqat. Nafaqat mahalliy ishbilarmonlar, balki xorijlik sarmoyadorlar ham bunga katta qiziqish bilan qarayapti. Aynan ular yirik loyihalar tashabbuskori bo‘lishmoqda. O‘tgan davrda viloyat markazi — Qarshi shahrida ham shunday investorlar ishtirokida muhim quvvatlar ishga tushirilgani, ko‘plab yangi ish o‘rinlari yaratilgani bunga misol. Avval bo‘sh turgan, qarovsiz joylarda qisqa fursatda mahobatli zavod va fabrikalar, zamonaviy imoratlar qad rostlayapti.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Qarshi shahriga investitsiya olib kirishga talabgor oz emas. Sabab esa oddiy, markazda aholi soni, ishchi kuchi, resurs ko‘p, imkoniyat keng. Buyuk Turon ko‘chasida joylashgan yer maydoni ham chet el investori — Singapurning “Indorama” kompaniyasi ta’sischiligidagi “Indorama Agro” xorijiy korxonasiga ajratilgan. Jami 2,25 gektar yer maydoni. Maqolada eslatilganidek, loyihaga ko‘ra, bu yerda ofis va mehmonxona barpo etiladi.

    Bundan Qarshi shahri, umuman Qashqadaryo uchun qanday foyda bor, deyishingiz mumkin. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8-avgustdagi qarori qabul qilingan. Bu hujjat mamlakatimizda “Indorama” kompaniyasi tomonidan zamonaviy paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishini tashkil etish to‘g‘risida. Boshqacha aytganda, ushbu investor yurtimiz qishloq xo‘jaligida klaster tizimini yo‘lga qo‘yishi kerak. Mazkur loyihaning Qashqadaryo viloyatiga aloqador joyi salmoqli. Bu klaster paxta xomashyosining katta qismini aynan vohamizda yetishtiradi va qayta ishlaydi. Bunda zamonaviy energiya tejamkor texnologiyalarni qo‘llash, shu asnoda paxta hosildorligini sezilarli oshirish majburiyatini olgan. Kompaniya bu ishga allaqachon kirishgan. Ma’lum bo‘lishicha, joriy yilda Kasbi va Nishon tumanlaridagi aksar dalalarda paxta klaster asosida yetishtirildi.

    Loyihaning iqtisodiy-ijtimoiy ahamiyatiga baho berish uchun esa quyidagi raqamlarga e’tibor qaratish kifoya, nazarimizda. Xorijiy kompaniya o‘z faoliyatini to‘laqonli tashkil etish uchun yurtimizga 340 million AQSh dollari miqdorida investitsiya olib kiradi. Kamida 1500 odamni doimiy ish bilan ta’minlaydi.

    Asosiysi, yangi quvvatning ish boshlashi bilan mahalliy budjetga soliq tushumi ko‘payadi. Albatta, ushbu mablag‘ hudud obodligiga sarf etiladi. Shu o‘rinda Buyuk Turon ko‘chasidagi yerdan bog‘ sifatida foydalangan aholi vakillari shu vaqtgacha davlatga hech bir soliq to‘lamaganini ham esdan chiqarmaylik.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Yana bir narsa. Fuqarolar ushbu yerga o‘zboshimchalik bilan egalik qilgan ekan, ammo uning atrofi, yo‘l chetini obodonlashtirishga uzoq vaqt hafsala qilmagan. Holbuki, 4—5 yil ilgari asosiy yo‘lga tutash joylar yantoq, yovvoyi o‘t bosib yotmasdi. Xalqaro aeroport orqali Buyuk Turon ko‘chasidan chet ellik sayyohlar, mehmonlar kelishi e’tiborga olinsa, bu juda ko‘rimsiz holat edi. Natijada katta mablag‘ sarflanib, yo‘l chetidan devor qurilgandi.

    Yana bir marta ta’kidlash o‘rinliki, tegishli xatti-harakat — hokimlik zaxirasida turgan yer uchastkasidagi dov-daraxtlarning kesilishi va mazkur yer maydonining investorga berilishi to‘liq qonunchilik doirasida amalga oshirildi. Mutasaddilar esa qonunga mos ish tutdi, o‘z vazifasini bajardi.

    Mavzuga doir: “Qarshida mevali daraxtlar kesilib, bog‘ payhon qilinmoqda. Tirikchiligi bog‘dan o‘tayotgan 150 ta xonadon vakillari tashvishda

    To‘g‘ri, bog‘ yaratishning ham o‘zi bo‘lmaydi. Bunga ham sabr va mehnat kerak. Lekin har narsada tartib bo‘lgani maqsadga muvofiq, albatta. Kimdir shu ish bilan daromad topish istagida ekan, bemalol, bunga hech bir to‘siq yo‘q. Faqat har bir ishning qonunchilik doirasida bo‘lgani ma’qul. Axir xalqimiz bugun o‘ylamay qilingan nojo‘ya ish ertaga tashvish keltiradi, deb bekorga aytmaydi.

    08.10.2019, 16:21   Izoh (0)   17422
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Samarqandda taksiga 10 baravar ko‘p yo‘l haqi bergan xitoylik sayyohlar puli qaytarib berildi

    08.10.2019, 16:05

    IIBB Toshkentda voyaga yetmagan qizlarga qiziqish bildirayotgan erkak haqidagi xabarlar yuzasidan tekshiruv boshladi

    08.10.2019, 15:33

    Abdulaziz Komilov Birlashgan Arab Amirliklarining O‘zbekistondagi yangi elchisini qabul qildi

    08.10.2019, 15:03

    Andijonda maktab direktor o‘rinbosarini kaltaklagan pedagog ayolning eri va uning sheriklariga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi

    08.10.2019, 14:46

    Toshkent shahar IIBB “Hozirgi mashinalar konserva bankasiga o‘xshaydi” qabilidagi gaplarga munosabat bildirdi (foto)

    08.10.2019, 13:59

    Surxondaryolik erkak o‘ynashi va uning erini pichoqladi

    08.10.2019, 13:10
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi

     

    Tavsiya etamiz

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07

    Oilasini qashshoqlik va ochlikdan qutqargan jangchi yigit: Arda Gyulerning kurashga to‘la hayot maktubi

    13 iyul, 22:15

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Trampning Moskva va Sankt-Peterburgga hujum qilishga undagani haqidagi xabarlar rad etildi

    Dunyo | 15 iyul, 23:35

    O‘qishni davlat oliygohlariga ko‘chirish uchun o‘tish ballari tasdiqlandi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 23:25

    Dunyoning eng keksa marafonchisi YTH oqibatida vafot etdi

    Dunyo | 15 iyul, 23:10

    Ukrainada ko‘p fuqarolik qonuniylashtirildi

    Dunyo | 15 iyul, 22:55

    Banklarda so‘mdagi kredit foizlari ko‘tarildi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 22:45

    AQSHda ofitser tanishuv ilovasi orqali Ukrainaga oid maxfiy ma’lumotlarni uzatgani aniqlandi

    Dunyo | 15 iyul, 22:35

    Safarda bolani nima bilan band qilish mumkin? Xotirjam sayohat qilish uchun 10 ta layfhak

    Farzand | 15 iyul, 22:23

    O‘zbekistonga eng ko‘p sayyohlar qaysi davlatlardan kelayotgani ochiqlandi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 22:11
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.