Telegram’da maktab o‘quvchilarining onalari bir-birlariga Toshkentda bir erkak voyaga yetmagan qizlarga qiziqish bildirayotganligi haqidagi xabar tarqaldi, deb xabar bermoqda IIBB matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, Jinoyat-protsessual kodeksining 322-moddasiga (“Jinoyat ishini qo‘zg‘atish sabablari va asoslari”) muvofiq, IIBB boshlig‘i ushbu audioxabarlarni ariza sifatida ko‘rib chiqish topshirig‘ini bergan.
Hozirda dastlabki tergov tekshiruvlari olib borilmoqda, ushbu xabarlarni tarqatuvchi Telegram kanalidagi guruh ishtirokchilari so‘roq qilinmoqda.
“Tezkor chora ko‘rilishi uchun barcha fuqarolarimizdan huquqbuzarliklar haqidagi to‘g‘ri ma’lumotlarni 102 raqamiga, yaqin atrofdagi ichki ishlar bo‘limiga yoki hududiy profilaktika inspektoriga, maktab direktoriga xabar qilishlarini so‘raymiz”, — deyiladi IIBB xabarida.
Izoh (0)