Turkiya vitse-prezidenti Fuat O‘ktay Yevropa Ittifoqidan suriyalik qochoqlarni Suriya shimolidagi xavfsiz hududga ko‘chirish bo‘yicha yordam so‘radi, deb xabar beradi DW.
“Ikki millionga yaqin suriyalik xavfsiz hududga ixtiyoriy ravishda ko‘chib o‘tadi degan umiddamiz. Biz zarur infratuzilmani—vaqtincha va doimiy boshpanalar, shifoxona va maktablar qurishimiz kerak”, — deydi Fuat O‘ktay.
Vitse-prezident bu kabi taklifni Anqarada Germaniya ichki ishlar vaziri Xorst Zeexofer va Migratsiya masalalari bo‘yicha yevrokomissar Dimitris Avramopulos bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ma’lum qilgan.
O‘ktayning so‘zlariga ko‘ra, qochoqlarni ko‘chirish bo‘yicha loyiha rejasi tayyor. “Biroq uni amalga oshirish uchun mintaqadagi bunga aloqasi bor barchaning, asosan, Yevropa Ittifoqining qo‘llab-quvvatlovi kerak”, — deydi vitse-prezident.
Mavzuga doir:
- Turkiya o‘z hududiga 3 mln suriyalik qochoqning 100 ming nafarini 2017-yil oxirigacha Suriyaga qaytarmoqchi
- BMT: Turkiya, Livan, Iordaniya, Iroq va Misrda jami 5 mln suriyalik qochoq bor
- “Rukban” qochoqlar lagerida 2 hafta ichida 14 kishi halok bo‘ldi
- BMT: Qochoqlar lageriga ketayotgan 80 nafar suriyalik yo‘lda vafot etgan
Izoh (0)