Niderlandiya hukumati Gollandiya nomidan foydalanishni to‘xtatishga qaror qildi, deb xabar beradi The Guardian.
Ta’kidlanishicha, Gollandiya nomi o‘rniga faqat rasmiy nomdan foydalaniladi, bu mamlakatning global imijini yangilashga xizmat qiladi.
Biznes yetakchilari, turizm kengashi va markaziy hukumat qo‘llab-quvvatlagan milliy rebrending 2019-yil oxirida e’lon qilinadi.
Mamlakat rasmiylari xalqaro e’tiborni milliy hayotning muayyan jihatlariga uyg‘unlashtirish niyatida. Odatda ushbu mamlakat giyohvand moddalar bilan dam olish madaniyati va Amsterdamdagi “qizil chiroqlar hududi” bilan birga tilga olinadi.
Shuningdek, ular asosan Amsterdamga keluvchi turistlar oqimini mamlakat hududi bo‘ylab teng taqsimlashga harakat qiladi.
Niderlandiyaning yangi strategiyasiga ko‘ra, mamlakat o‘zini dunyoga “global muammolarni hal qilish uchun ilg‘or texnologiyalarni ishlab chiquvchi” sifatida tanishtirishni rejalashtirmoqda. Xususan, Niderlandiya nomidan 2020-yili Tokioda o‘tkaziladigan Olimpiada o‘yinlari hamda “Yevrovideniye—2020” tanlovida keng foydalanish ko‘zda tutilgan.
Izoh (0)