Suriya tashqi ishlar vaziri Volid Muallim Eron xalqiga terrorchilarga qarshi kurashdagi yordami uchun minnatdorchilik bildirdi. Bu haqda Regnum xabar berdi.
Vazirning aytishicha, Eron 2011-yildan beri Suriya bilan hamjihat bo‘lib kelyapti. Ko‘plab arab davlatlari Suriya xalqini unutgan paytda Eron tajovuzkorlarga qarshi kurashda yordam bergan.
Volid Muallim Eron qo‘shinlari bugungi kunda Suriyada bo‘lib turganini inkor etdi va mamlakat hududida faqat eronlik maslahatchilar borligini ta’kidladi.
Izoh (0)