Saudiya Arabistonida ayollarning mudofaa kuchlarida harbiy xizmatni o‘tashiga ruxsat berildi, deb yozmoqda “Kommersant”. Endi mamlakatda ayollar harbiy havo kuchlari, harbiy dengiz kuchlari, harbiy havo kuchlaridan himoya strategik raketalar hamda tibbiyot xizmatida oddiy askar yoki ofitser sifatida xizmat qilishi mumkin.
Mavzuga doir: Saudiya Arabistoni sayyohlik vizasini joriy etdi. Biroq o‘zbekistonliklar Arabistonga turist sifatida borolmaydi
Avgust boshida Saudiya Arabistonida ayollarga mahramsiz sayohat qilishiga ruxsat berilgandi. Shuningdek, ayollar mahramsiz bolalarni ham sayohatga olib chiqishiga hamda davlat idoralarida hujjatlar rasmiylashtirish huquqiga ham ega bo‘lgan. Fevralda esa ularning Ichki ishlar vazirligi huzuridagi obro‘li OTMga hujjat topshirishiga ruxsat etilgan.
Izoh (0)