23-sentabr kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Ne’matov Xitoy elchisi Szyan Yan bilan uchrashdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
Bo‘lib o‘tgan suhbatda Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga a’zo davlatlarning hukumat rahbarlari (bosh vazirlari) kengashining Toshkent shahridagi navbatdagi yig‘ilishiga tayyorgarlik ko‘rishning va unda Xitoy delegatsiyasi ishtirok etishining amaliy jihatlari ko‘rib chiqildi.
“Uchrashuvda Xitoy Davlat kengashi bosh vaziri Li Ketsyanning O‘zbekistonga rasmiy tashrifi dasturi va bo‘lajak O‘zbekiston—Xitoy muzokaralari kun tartibi yuzasidan ham fikr almashildi”, — deyiladi xabarda.
Izoh (0)