• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Nima uchun O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini rivojlantirish strategiyasi loyihasi qo‘llab-quvvatlanishi kerak?

    Bu hafta O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligini 2020—2030-yillarda rivojlantirish strategiyasi loyihasining jamoatchilik muhokamasi yakuniga yetadi. Mazkur hujjat bir qator inqilobiy nizomlarni o‘z ichiga olgan bo‘lib, Strategiya qabul qilinganidan so‘ng ularning amalga oshirilishi mamlakatdagi muhim sohaning ko‘rinishini tubdan o‘zgartirib yuboradi. Bu hujjatni xalqaro ekspertlar qanday baholamoqda? “Gazeta.uz” shu savol bilan qishloq xo‘jaligi masalalari bo‘yicha yetakchi iqtisodiyotchi, Jahon bankining Markaziy Osiyodagi qishloq xo‘jalik dasturi koordinatori Sergiy Zoryaga murojaat qildi. Uning fikr-mulohazalari bilan quyida tanishish mumkin.

    Foto: Shuhrat Latipiv / “Gazeta.uz”

    Foto: Shuhrat Latipiv / “Gazeta.uz”

    Qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat va to‘qimachilik sanoati O‘zbekiston iqtisodiyoti va aholisining farovonligi uchun ulkan ahamiyat kasb etadi. Mamlakat yalpi ichki daromadining uchdan bir qismidan ortiqrog‘i qishloq xo‘jaligining hissasiga to‘g‘ri keladi. Sohada 3,5 milliondan ortiq aholi ish bilan band va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chet elga sotishdan tushumlar O‘zbekistonning umumiy eksport daromadlarining 25 foizigacha tashkil qiladi. Qishloq xo‘jaligi oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish sohasi, shu bilan birga butun mamlakat bo‘ylab ko‘plab qishloqlar va kichik shaharlarning iqtisodiy o‘zagi hisoblanadi, zero u joylarda qishloq xo‘jaligidan tashqari boshqa muqobil daromad manbalari mavjud emas.

    O‘zbekiston chet elliklarga o‘zining Buyuk Ipak yo‘li bo‘ylab joylashgan ko‘hna shaharlari bilan va, albatta, paxtasi va meva-sabzavotlari bilan mashhur. Shu sababli qishloq xo‘jaligi oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish sohasini yanada rivojlantirish mamlakatga kelgusida yanada ko‘proq foyda keltirishi kutilmoqda.

    Bir yil avval yangi ishim doirasida Toshkentga endigina ko‘chib o‘tganimda, men qishloq xo‘jaligining katta salohiyati borligini ta’kidlagan edim. Bu haqda Jahon bankidagi hamkasblarim va hukumat vakillari ham gapirgandi. Biroq yaqin yillar orasida mazkur soha qanday rivojlanishi bo‘yicha strategik konsepsiyaga ega aniq bir rejaning yo‘qligi meni ikkilantirgan edi. Qishloq xo‘jaligini boshqarishda bugungi kundagi bozor sharoitlarida ish bermaydigan, eskirgan usullardan foydalanilayotgani yaqqol ko‘rinib turardi.

    Qishloq xo‘jaligini (va har qanday sohani) rivojlantirish uchun aniq rejaning mavjudligi mazkur sohaning o‘rta va uzoq muddatli rivojlanishi uchun muhim element hisoblanadi. Men buni Jahon bankidagi 15 yillik, 25 dan ortiq mamlakatda, jumladan so‘nggi besh yilda jadal rivojlanayotgan Sharqiy Osiyo mamlakatlarida orttirgan tajribamdan kelib chiqib bilardim. Men dunyoning aynan shu qismida, agar mamlakatda aslida mavjud ma’lumotlarga asoslangan uzoq muddatli strategik reja bo‘lsa, qishloq xo‘jaligi sanoati sohasida ijobiy natijalarni anchagina tez ko‘rish mumkinligiga amin bo‘ldim.

    Mavzuga doir: Qishloq xo‘jaligi vaziri Jamshid Xo‘jayev: Fermerlarga yer berish huquqi hokimlardan olib qo‘yiladi

    Vyetnam men avval faoliyat yuritish imkoniyatim bo‘lgan mamlakatlardan biri bo‘lib, qishloq xo‘jaligini restrukturizatsiyalash rejasi yordamida faqat ichki bozor va guruch yetishtirishga yo‘naltirilgan natural qishloq xo‘jaligidan bozor va diversifikatsiyalangan va qishloq xo‘jalik mahsulotlarini eksport qilishga yo‘naltirilgan qishloq xo‘jaligiga o‘tishga muvaffaq bo‘ldi.

    Shunday qilib, 2010-yildan 2018-yilgacha bo‘lgan davrda Vyetnamning qishloq xo‘jalik oziq-ovqat mahsulotlari eksporti ikki barobardan ko‘proqqa — 17 milliarddan 40 milliard dollarga o‘sdi. Bu natijalarga 6,5 million gektar yer maydonida qishloq xo‘jalik mahsulotlarni yetishtirish tufayli erishildi. Taqqoslash uchun aytadigan bo‘lsak, qishloq xo‘jalik yer maydonlari qariyb 4 million gektarni tashkil qiladigan O‘zbekistonda 2018-yilda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti 2,5 milliard dollardan oshmadi.

    Qishloq xo‘jaligi vazirligi 2019-yilning 13-sentabrida jamoatchilik muhokamasiga qo‘ygan O‘zbekistonda 2020—2030-yillarda qishloq xo‘jaligini rivojlantirish Strategiyasi loyihasi iqtisodiyoti qadimdan qishloq xo‘jaligi oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish sohasining samaradorligiga bog‘liq bo‘lgan mamlakatning mazkur sohasida jiddiy o‘zgarishlarni boshlash uchun real imkoniyatlarni yaratadi.

    Mazkur Strategiyani “transformatsion” deb dadil aytish mumkin. Hujjat o‘rganib chiqilsa, u mamlakatdagi vaziyatni tuzatish uchun kechiktirib bo‘lmaydigan choralarni talab qilayotgani, qishloq xo‘jaligidagi haqiqiy ahvolni tahlil qilish asosida ishlab chiqilganligi yaqqol ko‘rinadi. Unda sohani rivojlantirish bo‘yicha aniq maqsad bor va qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat sektori va qishloqlarni kelgusidagi 10 yilda rivojlantirish rejasi ko‘zda tutiladi.

    Mazkur Strategiyaning eng muhim tomonlaridan biri — bu davlatning rolini kamaytirish va sohaning investitsion jozibadorligini oshirish borasida hukumatning aniq ifodalangan maqsadidir. Bu esa o‘z navbatida qishloq xo‘jaligi oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish sektorini modernizatsiya va diversifikatsiyasi uchun mamlakatdagi xususiy sektordan keladigan va chet el investitsiyalarini rag‘batlantirishi kerak.

    Agar Strategiya hozirgi tahrirda qabul qilinsa, davlatning emas, balki fermerning manfaatlari oxir-oqibat birinchi o‘ringa qo‘yiladi.

    Strategiya fermerlar va agrobiznesga qishloq xo‘jaligini yangi bosqichga olib chiqishga ko‘maklashuvchi, davlat chora-tadbirlariga e’tibor qaratadi va sohaning o‘tgan yillarda ko‘p gapirilgan ulkan salohiyatini amalga oshirish imkoniyatini beradi. Mamlakat iqtisodiyotidagi bunday muhim sohadagi islohotlar, shubhasiz, iqtisodiyotni liberallashtirish va O‘zbekistonning millionlab fuqarolari uchun imkoniyatlarni kengaytirishga qaratilgan siyosatni davom ettirishga yordam beradi.

    Mavzuga doir: Qishloq xo‘jaligi vaziri Jamshid Xo‘jayev: “Arzon bo‘lgani uchun suvni ko‘p ishlatyapmiz va isrof qilyapmiz”

    Xalqaro tajribasi va O‘zbekistonning qishloq xo‘jaligi uchun yangi g‘oyalar bilan o‘rtoqlashib, Jahon banki Yevropa Ittifoqi va boshqa xalqaro donorlar va hamkorlar bilan birgalikda mazkur Strategiyani ishlab chiqishda ishtirok etdi. Bu ko‘p davlatlarda odatiy amaliyot. Bu kabi hujjatlar ishlab chiqarilayotgan paytda manfaatdor vazirliklar va boshqarmalar donor tashkilotlarni ushbu hujjatlarning muhokamasida ishtirok etishga undaydi.

    Biroq shaxsan menda Qishloq xo‘jalik vazirligining Strategiyani ishlab chiqishdagi professional yondashuvi katta taassurot qoldirdi. Boshqa vazirliklar, boshqarmalar va manfaatdor taraflar bilan bo‘lgan ochiq maslahatlashuvlar chog‘ida vazirlik mutaxassislari xalqaro tajribani sinchkovlik bilan tahlil qildi va uni O‘zbekiston sharoitlariga moslashtirdi hamda bu narsa hujjatdagi nizomlarlarning progressiv tabiatida o‘z aksini topgan.

    Strategiyaning jamoatchilik muhokamasi tugashiga sanoqli kunlar qoldi va har bir fuqaroda hali mamlakatning kelajagi uchun ulkan ahamiyatga ega bo‘lgan ushbu siyosiy hujjat doirasida o‘z fikr va takliflarini aytish imkoniyati bor.

    Jahon banki boshqa xalqaro donor tashkilotlar va hamkorlar bilan birgalikda mamlakat qishloq xo‘jaligidagi islohotlarni amalga oshirishda hukumatga moliyaviy va texnik yordam berishni davom ettiradi. Biz sohaning samaradorligi va raqobatbardoshligini oshirish, bu yerda minglab yangi ish o‘rinlarini yaratishga ko‘maklashish va qishloq aholisining turmush darajasini yaxshilashga qaratilgan mazkur Strategiyaning ma’qullanishi va tatbiq etilishini sabrsizlik bilan kutmoqdamiz.

    Sergiy Zorya, Jahon bankining Markaziy Osiyodagi qishloq xo‘jalik dasturi koordinatori

    Mavzuga doir: O‘zbekistonda taxminan 2 mln aholi to‘yib ovqat yemayotgani rasman ma’lum qilindi

    24.09.2019, 22:07   Izoh (0)   24467
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Imkoniyati yo‘qlarni majburlash — noto‘g‘ri”. Xalq ta’limi vazirligi O‘qituvchilar kuni arafasida ota-onalarga murojaat qildi

    24.09.2019, 21:53

    Shayxontohurda qaynonasining otasidan pul ololmagan kuyov jinoyatga qo‘l urdi (video)

    24.09.2019, 21:39

    Yangiyo‘lda mastlik oqibatida kelib chiqqan janjal qotillik bilan tugadi

    24.09.2019, 21:25

    Farg‘onada uyida bir kilodan ortiq marixuana saqlagan shaxs qo‘lga olindi

    24.09.2019, 21:08

    Toshkentdagi Qoratosh ko‘chasining bir qismi vaqtincha yopildi

    24.09.2019, 20:55

    Samarqandda ShHT sammiti uchun yo‘l va ko‘chalarni ta’mirlashga 25 mln dollar ajratildi

    24.09.2019, 20:40
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02

    “Stalinning barmog‘i” — Zangezur yo‘lagi Ozarbayjon uchun qanchalik muhim?

    14 avgust, 14:19

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda dollar kursi bir kunlik ko‘tarilishdan so‘ng yana tushdi

    O‘zbekiston | 15 avgust, 16:13

    UFC prezidenti Oq uyda o‘tadigan musobaqada qaysi sportchilar jang qilishi mumkinligini ochiqladi

    Sport | 15 avgust, 16:08

    “Bu O‘zbekistonsiz amalga oshmagan bo‘lardi”. Germaniya fuqarolarni Afg‘onistondan evakuatsiya qilishdagi yordam uchun minnatdorlik bildirdi

    O‘zbekiston | 15 avgust, 16:06

    Taksi haydovchisi yo‘lovchiga, mast erkak esa tanishiga shilqimlik qilgani uchun qamaldi

    O‘zbekiston | 15 avgust, 15:56

    Britaniyadagi aeroportda samolyotlar to‘qnashishi sabab parvozlar vaqtincha bekor qilindi (video)

    Dunyo | 15 avgust, 15:35

    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi

    Reklama | 15 avgust, 13:30

    Bolaning begonasi bo‘lmaydi: farzand asrab olgan jahonga mashhur ayollar (foto)

    Shou-biznes | 15 avgust, 15:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.