Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanida “Gulbog‘” mahallasida 24-sentabrga o‘tar kechasi qotillik jinoyati sodir etildi, deya xabar bermoqda Bosh prokuratura matbuot xizmati.
Xabar berishlaricha, 1981-yilda tug‘ilgan Sh.Yu. mast holatda 1986-yilda tug‘ilgan R.U. bilan janjallashgan va oqibatda oshxona pichog‘i bilan uning chap ko‘krak sohasiga bir marta sanchib, qasddan o‘ldirgan.
Holat yuzasidan 24-sentabr kuni Yangiyo‘l tuman prokuraturasi tomonidan Sh.Yu. ga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi (qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ushbu modda bo‘yicha aybdor deb topilgan shaxs 10 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum etiladi.
Izoh (0)