Andijon shahrida yashovchi 34 yoshli M.R. ismli ayol xo‘jaobodlik 25 yoshli fuqaro va uning dugonasini Qirg‘izistondagi O‘sh davlat universitetiga o‘qishga kiritishda yordam berishini aytgan.
Andijonlik ayol ushbu yordami uchun 2,2 ming dollar miqdorida pul so‘ragan. U so‘ralgan pulni olayotgan vaqtida DXX va Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari tomonidan ushlangan.
Xabar berishlaricha, ushbu holat yuzasidan hozirda tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izoh (0)